Yillik 0%.
- Muddati o‘tgan asosiy qarz bo‘yicha oshirilgan foiz stavkasi Markaziy Bankning asosiy stavkasi 3 barobari miqdorida belgilanadi.
Hujjatlar
А) Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash guvohnomasi va h.k.);
B) Avtotransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi;
C) O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
D) Mijoz turmush o‘rtog’ining kredit hisobiga sotib olinadigan avtotransport vositasini garovga taqdim etilishiga rozilik arizasi.
Turmush o‘rtog‘i mavjud bo‘lmagan hollarda, mijoz tomonidan kredit
ajratish uchun ariza berilgan kunga nikohi mavjud emasligini
tasdiqlovchi hujjat. Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi(lar)ning
(mavjud hollarda) daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bank tomonidan
maxsus tarmoqlar orqali elektron shaklda mustaqil ravishda olinadi.
Daromadlarni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ularni tasdiqlovchi
hujjatlar qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin. Bunda daromadlar
to‘g’risidagi ma’lumotlar kamida oxirgi 6 (olti) oy uchun hisoblandi.
Talablar
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, 18 yoshga to’lgan O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar.
“Asaka Motors International” MCHJning hisob raqamiga pul ko‘chirish yo‘li orqali.
Qo‘shimcha shartlar
Faoliyatini rivojlantirish maqsadida “Asaka Motors International” MCHJ va uning rasmiy dillerlari tomonidan yetkazib beriladigan “Wuling Bardosh” rusumidagi avtotransport vositasini sotib olish uchun.
Kredit ta'minoti: Ajratilayotgan mikrokredit summasining kamida 125 foizi miqdoridagi ta’minot bilan ta’minlanadi. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga qo‘shimcha ta’minot talab etiladi.
Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining qarz yuki 50 foizdan oshmasligi lozim.
MIB joriy qarzdorligi bo‘lmasligi lozim.
Kredit byurolaridan olingan so‘nggi 3 yil muddatdagi kredit tarixi ijobiy bo‘lishi lozim.
Quyidagi kechikishlarga yo‘l qo‘yiladi: 30+ kunlik kechikish - 10 tagacha;
60+ kunlik kechikish - 3 tagacha;
90+ kunlik kechikish - doimiy rasmiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 1 tagacha.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.