UPT (ÖDEME HİZMETLERİ A.Ş) xalqaro pul o‘tkazmasi - Turkiyaning ichki va xalqaro bozorida pul o‘tkazmalari va to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadigan birinchi va yagona kompaniya bo‘lib, u bank hisobvaraqlari, kredit kartalari va naqd to‘lovlar bo‘yicha bir necha turdagi valyutalarda ishlaydi.
UPT xizmatlari Turkiyadagi banklar va o‘z tashkilotlarida joylashgan 10 000 xizmat ko‘rsatish punktlari orqali onlayn tarzda taqdim etiladi. UPT 249 mamlakatda 400000 dan ortiq xizmat ko‘rsatish punktlari orqali xizmatlarni taqdim etadi. UPT Turkiyaning eng yirik investitsiya banki bo‘lgan Aktif bankning sho‘ba korxonasi hisoblanadi.