Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 493
  • Yangilangan sana: 6 Dec 2021, 12:21

XVJ delegatsiyasi Oʼzbekistonning makroiqtisodiy prognozlarini muhokama qildi

XVJ delegatsiyasi Oʼzbekistonning makroiqtisodiy prognozlarini muhokama qildi

3 Dec 2021
XVJ delegatsiyasi Oʼzbekistonning makroiqtisodiy prognozlarini muhokama qildi

Xalqaro valyuta jamgʼarmasining Oʼzbekiston boʼyicha missiyasi rahbari Ron van Roden boshchiligidagi delegatsiya Markaziy bankka tashrif buyurib, bank rahbariyati bilan uchrashuv oʼtkazdi.

Muloqot davomida tomonlar mamlakatdagi mavjud makroiqtisodiy vaziyat, bank-moliya tizimini rivojlantirish boʼyicha koʼrilayotgan choralar hamda Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan pul-kredit siyosatini atroflicha muhokama qildilar.

Shuningdek, uchrashuvda Markaziy bankning kelgusi yil uchun makroiqtisodiy prognozlari hamda global miqyosda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan risklar koʼrib chiqildi. XVJ missiyasi rahbari Markaziy bank rahbariyati bilan boʼlgan muloqotni konstruktiv va samarali deb baholadi.

Uning soʼzlariga koʼra, pandemiyaga qaramasdan, Oʼzbekiston makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda sezilarli natijaga erishdi.

Ro’yxatga qaytish