Turonbankning toʼlov kartali yordamida Siz quyida keltirilgan toʼlovlar va operatsiyalarni amalga oshirishingiz mumkin:
Karta hisob raqamiga mehnat haqingiz va unga tenglashtirilgan toʼlovlarni oʼtkazish;
Savdo terminallari oʼrnatilgan savdo punktlarida xarid qilingan tovarlar va koʼrsatilgan xizmatlar uchun toʼlovlarni amalga oshirish;
Bank gʼaznalarida naqd pul mablagʼini olish (faqat individual va mehnat haqi kartalar boʼyicha);
Pul mablagʼini karta hisob raqamidan yuridik va jismoniy shaxslar hisob raqamlariga oʼtkazish, masalan, institutda taʼlim olish uchun yoki kredit boʼyicha qarzlarni uzish uchun;
Karta hisob raqamiga naqd pul mablagʼini oʼtkazish;
Kommunal hizmatlar uchun toʼlovlarni amalga oshirish va boshqalar.
To‘lovlar
Mehnat haqi plastik kartasi (Individual (alohida kishining) toʼlov kartasi) — tashkilot va uning har bir xodimi oʼrtasida tuzilgan shartnoma asosida, tashkilot xodimlari tomonidan ochiladi. Bu karta egasi mehnat qilayotgan korxonasidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlar (nafaqa, stipendiya va h.k.) olishi, savdo punktlarida xarid qilgan mollari va koʼrsatilgan xizmatlar uchun toʼlovlarni amalga oshirishi, bank gʼaznalari POS terminallaridan naqd pul mablagʼlarini olishi mumkin.
Hujjatlar
Buning uchun shaxsingizni taʼsdiqlovchi xujjat- pasport va ID karta
Bank haqida
Turonbank
Litsenziya raqami: 8, 31.12.1990
Manzil:
100011, Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Abay ko‘chasi, 4a