Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 1
  • Yangilangan sana: 14 Jul 2026, 15:36

Kafolat-3

Milliy valyutada
  • 2
  • Yangilangan sana: 14 Jul 2026, 15:36
  • 15 %
    Foiz stavkasi
  • Rejalashtirilay...
    Eng kam miqdori
  • 12 oy
    Muddati
  • Omonatni ochish usuli: bank ofisi
  • Omonat turi: Jamg‘arma
  • Foizlarni to‘lash davriyligi: muddat oxirida
  • Kapitalizatsiya: mavjud emas
  • Qisman yechish: mavjud emas
  • Muddatidan oldin yechish: mavjud
  • Avtouzaytirish: mavjud emas
  • Qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniyati: mavjud emas
Omonatning asosiy shartlari to‘g‘risida axborot varag‘i
Omonat bo‘yicha foiz stavkasi jadvali
  • Foizlar mablag‘lar to‘liq saqlangan oylar uchun yillik 15% stavkada to‘lanadi.

Qo‘shimcha shartlar


Omonatning maqsadi

Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyadan foydalangan holda ipoteka krediti olish uchun boshlang‘ich badalni shakllantirish.

Omonat kimlar uchun mo‘ljallangan

Omonat O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Omonat miqdori

Ajratilishi rejalashtirilayotgan ipoteka krediti summasining 15 foizini tashkil etuvchi boshlang‘ich badal miqdorida.

Omonatni shakllantirish

Ipoteka omonati hisobvarag‘idagi mablag‘lar quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:

  • omonatchining o‘z mablag‘lari;

  • Davlat budjetidan o‘tkaziladigan subsidiya mablag‘lari.

Foizlarni hisoblash

Foizlar:

  • mablag‘lar omonat hisobvarag‘iga kelib tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisobvaraq yopilgan kungacha;

  • subsidiya mablag‘lariga — ular Davlat budjetidan kelib tushgan kundan keyingi kundan boshlab;

  • mablag‘lar to‘liq saqlangan oylar uchun hisoblanadi.

Foiz hisoblanadigan eng ko‘p muddat 12 oyni tashkil etadi.

Ipoteka krediti ajratish rad etilganda

Ipoteka krediti ajratish rad etilgan taqdirda:

  • omonatchining o‘z mablag‘lari to‘liq saqlangan oylar uchun hisoblangan foizlar bilan birga unga qaytariladi;

  • subsidiya mablag‘lari ularga hisoblangan foizlar bilan birga respublika budjetiga qaytariladi.

Qo‘shimcha shartlar

  • Ipoteka omonati shartnomasida belgilangan foiz stavkasining pasaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • Chiqim operatsiyalari tasdiqlovchi hujjatlar hamda Bankning tegishli bo‘linmasi rahbarining asoslantirilgan farmoyishi asosida amalga oshiriladi.

  • Mazkur shartlar 2026-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha ochilgan maqsadli ipoteka omonatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Omonatni hisoblash

Bankka omonat qo‘yishda foizlar qiziqtiradimi?

Omonat kalkulyatoridan foydalaning: Asosiy maydonlarga ma'lumotlarni kiriting va omonat bo‘yicha har oylik foizlarni kalkulyator o‘zi hisoblaydi.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Omonatlar bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar