Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 1938
  • Yangilangan sana: 7 Nov 2023, 17:41

"Yashil" iste'mol krediti

  • 1939
  • Yangilangan sana: 7 Nov 2023, 17:41
  • 20%
    Foiz stavkasi
  • 0
    Eng kam miqdori
  • 5 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: 0
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oy
  • Ajratish shakli: ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 100%
  • Ta'minot turi: garov / uchinchi shaxslarning kafilligi / sug‘urta polisi
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari
20%
Hujjatlar
a) ariza;
b) qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti yoki ID kartasi)ni nusxa olish uchun;
v) mahsulot sotib olish uchun shartnoma;
g) kredit qaytarilishi taʼminoti.
Talablar
Quyidagi talablarga javob beruvchi jismoniy shaxslarga beriladi:
a) yashil isteʼmol krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
b) doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʼjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek yashil isteʼmol krediti boʼyicha hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni toʼlov jadvaliga muvofiq har oyda toʼlash uchun yetarli boʼlgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega boʼlgan shaxslarga;
v) ilgari olingan kreditlar (qarzlar) boʼyicha soʼndirilmagan muddati oʼtgan qarzi hamda salbiy kredit tarixiga ega boʼlmagan shaxslarga beriladi.
Qo‘shimcha shartlar
“Yashil” iste’mol krediti jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish maqsadida ajratiladi.
Qarz oluvchining daromadlari soʼralayotgan kreditni olish imkonini bermasa, unga birgalikda qarz oluvchilar daromadlari bilan ishtirok etishi mumkin. Bunda, birgalikda qarz oluvchilar yashil isteʼmol krediti shartnomasi boʼyicha qarz oluvchining majburiyatlari yuzasidan solidar tartibda javob beradi. Qarz oluvchining yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, turmush oʼrtogʼi va farzandlari) hamda boshqa uchinchi shaxslar birgalikda qarz oluvchilar boʼlishi mumkin.
Kredit ta’minoti - (a) bank yoki sug'urta tashkilotining kafolati;

                           (b) uchinchi shaxsning kafilligi:

                                 - bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobarigacha kreditlar bir nafar jismoniy shaxs kafilligi bilan;

                                 - bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobarigacha kreditlar ikki nafar jismoniy shaxs kafilligi bilan;

                            (d) mol-mulk va qimmatli qog\ozlar garovi, shu jumladan, garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari;

                            (e) qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Biznesni rivojlantirish banki
Litsenziya raqami: 77, 30.04.2009
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 78-150-10-01
STIR: 206916313
Sayt: www.brb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar