Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 1038
  • Yangilangan sana: 19 Feb 2025, 08:58

“Mahalla-Bizness” mikroqarzi

  • 1020
  • Yangilangan sana: 19 Feb 2025, 08:58
  • 23%
    Foiz stavkasi
  • 100000 so'm
    Eng kam miqdori
  • 48 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: -
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: naqd pul / bank kartasiga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: -
  • Ta'minot turi: uchinchi shaxslarning kafilligi / sug‘urta polisi
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari
         Muddati                 Yilliz foiz stavkasi    
          12 oy             23%
          24 oy             23%
          36 oy             24%
          48 oy             25%
Hujjatlar

a) ID-karta yoki pasport va pasport o‘rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, ID-karta yoki pasport nusxasi ham talab etiladi;

b) O‘z-o‘zini band qilganligi bo‘yicha guvohnoma;

v) mikroqarz ta’minoti hujjatlari. 
Talablar
 Hukumat tomonidan “Mikrokreditbank” ATB ga biriktirilgan mahalla fuqarolari yig‘in (MFY) larida istiqomat qiluvchi yoshi 18 dan 60 yoshgacha bank mijozi bo‘lgan, o‘z-o‘zini band qilgan jismoniy shaxslar.  

1. 24 oygacha bo‘lgan muddat uchun – 17 mln. so‘mdan yuqori bo‘lmagan miqdorda;

2. 48 oygacha bo‘lgan muddat uchun – 30 mln. so‘mdan yuqori bo‘lmagan miqdorda.

Qo‘shimcha shartlar

1) Qarz oluvchining bank va boshqa banklarda mavjud barcha mikroqarz mablag‘lari qoldig‘i hisobga olingan holda jami qarzdorlik qoldig‘i 100 mln. so‘mdan ortishi mumkin emas.
2)  “Mikrokreditbank” tizimida ushbu kredit turidan foydalangan o‘z o‘zini band qilgan jismoniy shaxslar (qarzdor)ga  mazkur kredit bo‘yicha joriy qarzdorlikni yopgandan so‘ng qayta olishiga ruxsat beriladi.  

3). Miqdori 17 mln. so‘m va 17 mln. so‘mdan kam bo‘lgan mikroqarz uchun:

 - qaytmaslik xatarini sug‘urtalash polisi (qaytmaslik xatarini sug‘urtalash xizmati uchun sug‘urta mukofoti kredit summasi hisobidan to‘lanishi mumkin);

 - yoki uchinchi shaxs kafilligi. 

4) Miqdori 17 mln. so‘mdan ko‘p bo‘lgan mikroqarz uchun: - faqat uchinchi shaxs kafilligi.




Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Mikrokreditbank
Litsenziya raqami: 37, 13.05.2006
Manzil: 100047, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi 4-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 1285, +998 55 503-63-63
STIR: 200547792
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar