Kredit karta asosan naqd pulsiz xaridlar uchun mo'ljallangan. Tovarlar/ishlar/xizmatlar uchun to'lov amalga oshirilganda va ishlatilgan kredit mablag’lari keyingi oyning 10-sanasigacha to'liq qaytarilsa, ushbu to'lovlar uchun 40 kungacha bo’lgan foizlar to'lanmasdan imtiyozli davr taqdim etiladi.
Naqd pul olish, bank hisobvarag'lariga, elektron hamyonlarga va kartalarga (P2P) pul o'tkazish uchun 2,9% miqdorida komissiya olinadi.
Qarz oluvchi - kredit olish uchun ariza berilgan kuni 20 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan katta bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lishi kerak;
- barcha berilgan kreditlar, kafolatlar bo’yicha majburiyatlar yuzasidan qarz yuki o'rtacha oylik daromadning 50 foizidan oshmasligi kerak;
- doimiy daromadlar, kamida oxirgi 6 oy davomida uzluksiz bo’lishi kerak;
- mijozni skoring baholashdan kelib chiqqan holda, qarz oluvchining boshqa banklarda qolgan barcha kredit mablag'lari borligini, shuningdek, olinishi mumkin bo’lgan, 50 million so'mdan oshmasligi lozim bo’lgan mikrokreditlarning umumiy miqdori mavjudligini hisobga olish kerak;
Bank bankomatlarida va kassalarida naqd pulni yechib olish - Komissiya toʼlovi operatsiyaning 2,9% miqdorida (xizmat ko'rsatuvchi bankning qo'shimcha vositachilik haqi olinishi mumkin);
Kartadan kartaga/bank hisobvarag'iga/elektron hamyonga pul o'tkazish - Pul O'tkazma summasidan 2,9% miqdorida vositachilik haqi;Kredit limiti tasdiqlangandan so'ng, kartani Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik shoh ko'chasi, 5-uy manzilidagi Toshkent shahar mintaqaviy bank xizmatlar ofisi kassasidan olib ketish mumkin.
12 oygacha – 32 %
24 oygacha – 36%
36 oygacha – 40%
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.