Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 4913
  • Yangilangan sana: 7 Aug 2026, 12:18

Kredit karta SQB

  • 4914
  • Yangilangan sana: 7 Aug 2026, 12:18
  • 26,9 %
    Foiz stavkasi
  • 2 000 000 so‘m
    Eng kam miqdori
  • 48 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: -
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 55 kun
  • Ajratish shakli: bank kartasiga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: -
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
  • Ta'minot turi: sug‘urta polisi
  • Rasmiylashtirish usuli: onlayn
Foiz stavkalari

Foiz stavkasi:

yillik 26,9%


Hujjatlar
Talab e'tilmaydi

Talablar

Kredit ta’minoti sifatida bank bilan bosh kelishuvga ega sug‘urta kompaniyalari tomonidan kredit qaytmaslik xatari (14-klass) bo‘yicha sug‘urta polisi onlayn rasmiylashtiriladi.

Sug‘urta mukofoti mijoz tomonidan SQB Mobile ilovasiga ulangan Uzcard yoki Humo bank kartasi orqali to‘lanadi.

Hozirda loyiha doirasida “SQB Insurance” SK AJ bilan bosh kelishuv mavjud bo‘lib, sug‘urta xizmati kredit limitining 3,9% miqdoridagi sug‘urta mukofoti asosida taqdim etiladi.

Kelgusida loyihaga boshqa moliyaviy barqaror sug‘urta kompaniyalari va kafillik xizmatlarini qo‘shish rejalashtirilgan.


Qo‘shimcha shartlar

Asosiy ma’lumotlar

Karta:

  • premium segment mijozlari uchun — Visa Infinite;
  • boshqa mijozlar uchun — Visa va Mastercard to‘lov tizimlarining bank kartalari.

Kartani chiqarish:
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun bepul.

Norezidentlar uchun kartani rasmiylashtirish imkoniyati mavjud emas.

Kartani qayta chiqarish:
Bank ofisida yoki mobil ilova orqali rasmiylashtirilganda — 50 000 so‘m.

Oylik abonent to‘lovi:
Kartadan foydalanilgan oy uchun — 30 000 so‘m.

Agar karta oy davomida ishlatilmagan bo‘lsa, abonent to‘lovi undirilmaydi.

Kredit limiti:
2 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha.

Sug‘urta:
Sug‘urta polisi kredit limitining 130 foiziga teng summa uchun rasmiylashtiriladi.

Sug‘urta mukofoti quyidagi usullardan biri orqali to‘lanishi mumkin:

  • mijoz mobil ilovadagi akkauntiga biriktirgan kartadan mablag‘larni yechib olish orqali;
  • kredit mablag‘lari hisobidan sug‘urta kompaniyasiga mablag‘ o‘tkazish orqali;
  • Bank mablag‘lari hisobidan sug‘urta kompaniyasiga mablag‘ o‘tkazish orqali.

Foizsiz davr:
Keyingi oyning 25-sanasigacha qarzdorlik to‘liq so‘ndirilganda — 55 kungacha.

Foiz stavkasi:
Yillik 26,9 %.

Majburiy to‘lov sanasi:
Har oyning 25-sanasi.

Minimal majburiy to‘lov:
Qarzdorlik summasining 10 foizi, biroq kamida 100 000 so‘m.

Kredit muddati:
48 oy.

Oxirgi 12 oy qarzdorlikni so‘ndirish uchun mo‘ljallangan.

Kartaning amal qilish muddati:
36 oy.

Tovar va xizmatlar uchun to‘lov:
Terminallar va internet orqali — komissiyasiz.

Naqd pul yechish:

  • kredit mablag‘lari hisobidan — 1,9 % komissiya;
  • shaxsiy mablag‘lar hisobidan — Bank tariflariga muvofiq.

Pul o‘tkazmalari:

  • kredit mablag‘lari hisobidan — 1,9 % komissiya;
  • shaxsiy mablag‘lar hisobidan — Bank tariflariga muvofiq.

Chet elda to‘lovlar:
Bank tomonidan komissiya — 0 %.

SMS-xabarnoma va 3-D Secure:
Bepul.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar