Omonatga hisoblangan foizlar har oyda (30 kundan so'ng) omonat valyutasida to'lab beriladi. Kapitalizasiya hisoblanmaydi.
Omonatga pul mablagi qabul qilish AQSH dollarida naqd pulda, xalqaro plastik karta yoki boshqa muddati tugagan omonat mablagini qayta rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Omonat summasini qaytarish omonat muddati tugaganidan keyin rasmiylashtirish shartidan kelib chiqqan holda (naqd yoki plastik kartaga) omonat valyutasida qaytariladi. Foizlar har oyda (30 kundan so'ng) omonat valyutasida to'lanadi. Omonatchi omonatni muddatidan oldin talab qilib olganda, omonatga foizlar to'lanmaydi, avval to'langan foizlar qayta hisob-kitob qilinadi va omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi. Omonat muddati tugaganidan so'ng omonat summasi talab qilib olinmagan taqdirda, omonat summasi talab qilib olinguncha omonatlar hisobraqamiga o'tkaziladi. Omonatga qo'shimcha mablaglar qabul qilinmaydi.
Bankka omonat qo‘yishda foizlar qiziqtiradimi?
Omonat kalkulyatoridan foydalaning: Asosiy maydonlarga ma'lumotlarni kiriting va omonat bo‘yicha har oylik foizlarni kalkulyator o‘zi hisoblaydi.