Omonatga hisoblangan foizlar har oyda (30 kundan so'ng) omonat valyutasida to'lab beriladi. Kapitalizasiya hisoblanmaydi.
Omonatga pul mablagi qabul qilish AQSH dollarida naqd pulda, xalqaro plastik karta yoki boshqa muddati tugagan omonat mablagini qayta rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Omonat summasini qaytarish omonat muddati tugaganidan keyin rasmiylashtirish shartidan kelib chiqqan holda (naqd yoki plastik kartaga) omonat valyutasida qaytariladi. Foizlar har oyda (30 kundan so'ng) omonat valyutasida to'lanadi. Omonatchi omonatni muddatidan oldin talab qilib olganda, omonatga foizlar to'lanmaydi, avval to'langan foizlar qayta hisob-kitob qilinadi va omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi. Omonat muddati tugaganidan so'ng omonat summasi talab qilib olinmagan taqdirda, omonat summasi talab qilib olinguncha omonatlar hisobraqamiga o'tkaziladi. Omonatga qo'shimcha mablaglar qabul qilinmaydi.
Omonatni hisoblash
Bankka omonat qo‘yishda foizlar qiziqtiradimi?
Omonat kalkulyatoridan foydalaning: Asosiy maydonlarga ma'lumotlarni kiriting va omonat bo‘yicha har oylik foizlarni kalkulyator o‘zi hisoblaydi.
Omonat mablag'larimni qarindoshlarimga vasiyat qilib qoldirsam bo'ladimi?
Omonat mablag'larimni qarindoshlarimga vasiyat qilib qoldirsam bo'ladimi? Batafsil
Kreditning to'liq qiymati nimani anglatadi?
Kreditning to'liq qiymati nimani anglatadi? Batafsil
Qanday qilib naqd chet el valyutasini sotib olishim mumkin (AQSh dollari)?
Qanday qilib naqd chet el valyutasini sotib olishim mumkin (AQSh dollari)? Batafsil
Omonat bo'yicha foizli daromadni oldindan (avans shaklida) olish mumkinmi?
Omonat bo'yicha foizli daromadni oldindan (avans shaklida) olish mumkinmi? Batafsil
Tijorat bankidan kredit olishda bankka qanday ta'minot turlarini taqdim etish mumkin?
Tijorat bankidan kredit olishda bankka qanday ta'minot turlarini taqdim etish mumkin? Batafsil
Valyuta kartasidagi chet el valyutasi (AQSh dollari)ni bankomatlar orqali naqdlashtira olamanmi?
Valyuta kartasidagi chet el valyutasi (AQSh dollari)ni bankomatlar orqali naqdlashtira olamanmi? Batafsil
Omonatning asosiy shartlari to‘g‘risida axborot varag‘i
Tijorat bankining nomi, rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari
Orient Finans bank,
www.ofb.uz,
Aloqa telefon raqami: 71-200-88-99, Ishonch telefoni: 71-205-55-54
1-bo‘lim. Omonatning asosiy shartlari
1. Omonat nomi
OFB Ultra
2. Omonatning valyutasi
AQSh dollari
3. Omonat bo‘yicha yillik foiz stavkasi (agar omonat bo‘yicha yillik foiz stavkasi differensiallashgan yoki omonatni rasmiylashtirish usuliga bog‘liq bo‘lsa, har biri alohida ko‘rsatiladi)
2.5%
4. Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlarni kapitalizatsiyasi mavjudligi (hisoblangan foizni asosiy mablag‘ga qo‘shib qayta foiz hisoblash)
mavjud emas
5. Omonatning muddati
500 kun
6. Omonatga qo‘yiladigan mablag‘ning eng kam miqdori (agar mavjud bo‘lsa)
5 000 AQSh doll
7. Omonat bo‘yicha foizlarni to‘lash davriyligi
kunlarda
8. Omonatni rasmiylashtirish usuli (onlayn yoki bankka tashrif buyurish orqali)
bank ofisi
9. Qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniyati
mavjud emas
10. Avtouzaytirish (omonat muddati tugaganda omonat muddatini bank tomonidan bir tomonlama uzaytirish)
mavjud emas
2-bo‘lim. Boshqa muhim shartlar
1. Omonatga qo‘yilgan pul mablag‘larini omonat muddati tugagunga qadar qisman yechib olish imkoniyatining mavjudligi
mavjud emas
2. Omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish tartibi
-
Omonat qo‘yishga rozi bo‘lishdan oldin diqqat bilan o‘rganib chiqing!
Siz omonatning shartlari, daromadlar va omonat bo‘yicha hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risida, shuningdek huquqlaringiz va majburiyatlaringiz, Sizga tushunarsiz bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan to‘liq va batafsil ma'lumot olishga haqlisiz.
Agar Sizda shikoyatlar mavjud bo‘lsa, u holda Siz murojaatingizni (Aloqa telefon raqami: 71-200-88-99, Ishonch telefoni: 71-205-55-54) raqamli telefonga yoki (100 052, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Osiyo ko’chasi, 5 uy) manzilga yoki (info@ofb.uz) elektron manzilga jo‘natishingiz mumkin.
AXBOROT VARAQASINING TO‘G‘RILIGI VA HAQIQIYLIGI TASDIQLANADI.
______________________________________________ (bank mutaxassisining F.I.Sh. va lavozimi)
______________________ to‘ldirilgan sana
* Mazkur varaqa omonat shartnomasi yoki omonat olish uchun buyurtmanoma o‘rnini bosmaydi, aksincha turli banklarning omonat shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.