Doimiy rasmiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun foiz stavkalari (Turar-joy sotib olish uchun)
| № | Kredit nomi | Muddati | Dastlabki to‘lov | Yillik foiz stavkasi |
| 1 | “Baxtli makon” krediti | 120 oy | 26% dan boshlab | 21,55% |
| 121 oydan 180 oygacha | 26% dan boshlab | 22,55% | ||
| 121 oydan 180 oygacha | 40% dan boshlab | 21,55% |
Doimiy rasmiy daromadga ega bo‘lmagan o‘z-o‘zini band qilgan jismoniy shaxslar uchun foiz stavkalari (Turar-joy sotib olish uchun)
| № | Kredit nomi | Muddati | Dastlabki to‘lov | Yillik foiz stavkasi |
| 1 | “Baxtli makon” krediti | 120 oy | 35% dan boshlab | 21,55% |
| 121 oydan 180 oygacha | 35% dan boshlab | 22,55% |
Ta’mirlash uchun foiz stavkalari
| № | Kredit nomi | Muddati | Dastlabki to‘lov | Yillik foiz stavkasi |
| 1 | “Baxtli makon” krediti | 120 oygacha | Talab etilmaydi | 24% |
Uy-joy xarid qilish uchun talab qilinadigan hujjatlar:
a) ID karta yoki pasport va pasport oʻrnini bosuvchi hujjat koʻrsatiladi va nusxa olinadi (Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi);
b) Daromadlari toʻgʻrisidagi hujjatlar (daromadga ega boʻlmagan shaxslar bundan mustasno) (agar elektron maʼlumotlar bazasidan olish imkoni mavjud boʻlsa, ushbu maʼlumotlar talab qilinmaydi);
d) Xarid qilinadigan uy-joy qiymati boʻyicha dastlabki oldi-sotdi shartnoma;
e) Ipoteka obyekti bahosi yuzasidan mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
f) Kredit hisobiga xarid qilinayotgan turar-joyning kadastr hujjatlari;
g) qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Taʼmirlash uchun talab qilinadigan hujjatlar:
a) ID karta yoki pasport va pasport oʻrnini bosuvchi hujjat. (Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, ID karta yoki pasport nusxasi ham talab etiladi);
b) Daromadlari toʻgʻrisidagi hujjatlar (doimiy rasmiy daromadga ega boʻlmagan oʻzini oʻzi band qilgan qarz oluvchilar bundan mustasno)/(agar elektron maʼlumotlar bazasidan olish imkoni mavjud boʻlsa, ushbu maʼlumotlar talab qilinmaydi);
d) taʼmirlanadigan yakka tartibdagi uy-joyga boʻlgan huquqni (doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) tasdiqlovchi hujjat;
e) pudrat tashkiloti bilan uy-joy taʼmirlash ishlarini bajarish / qurilish mahsulotlari xarid qilish / yollanma ishchilar bilan tuzilgan shartnoma (loyiha-xarajatlari aks ettirilgan hujjatlarida koʻrsatilgan qiymatdan oshmagan miqdorda);
f) qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.