Avtomobil narxining 30% dan kam bo'lmagan miqdorida dastlabki to'lov bilan - yillik 22%;
Hujjatlar
Pasport
Bank bilan kelishuv imzolangan avtosalondan avtomobil sotib olish uchun shartnoma
Talablar
Kredit ta'minoti sifatida:
Kredit mablag'lari hisobidan sotib olingan avtotransport vositasiga garov shartnomasi rasmiylashtirilgunga qadar kredit summasining kamida 125%/130% miqdorida kreditni qaytarmaslik xatarini sug'urtalash polisi qabul qilinadi;
Kredit mablag‘lari hisobidan sotib olingan avtotransport vositasiga egalik huquqi rasmiylashtirilgach, avtotransport vositasi qiymatining 100% gacha bo‘lgan garov qiymati bilan garov shartnomasi rasmiylashtiriladi;
Avtotransport vositasi qiymatining 30% yoki 30% dan ko‘p miqdorida dastlabki to‘lov amalga oshirilgan taqdirda, garov qiymati avtotransport vositasi qiymatining 90% gacha bo‘lgan miqdorda qabul qilinadi;
Bunda Bankning kredit mablag‘lari hisobidan sotib olingan avtotransport vositasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit ta'minoti sifatida garov shartnomasi to‘liq rasmiylashtirilib garovga olingandan so'ng Bankning yozma rozilik xati bilan avtosalondan olib chiqiladi;
Qo‘shimcha shartlar
Kredit mablag'lari Bank bilan kelishuv imzolangan BYD ning rasmiy dilerlari bo'lgan quyidagi avtosalonlarga ajratiladi:
QK MCHJ «Astana Motors Company»;
MCHJ «Voris Motors Keles»;
MCHJ «MK Direct»;
MCHJ «Beni Motors»;
MCHJ «A-Autozone»;
MCHJ «Uniland - Megawatt»;
MCHJ «Bedachi» va BYDning boshqa dilerlari.
Boshlang'ich badal miqdori 40% dan oshgan taqdirda oylik ish xaqi to'g'risida ma'lumotnoma talab etilmaydi
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.