Foiz stavkasi: Yiliga 21.0% (kredit muddati 12 oygacha bo‘lsa), yiliga 23.0% (24 oygacha), yiliga 25.0% (36 oygacha), yiliga 26.0% (60 oygacha)
Bunda kredit foizlarining 4 foizdan 6 foizgacha qismi kompensatsiya qilinishi mumkin (Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ bilan tuzilgan 27.02.2026 yildagi 1-sonli bosh bitimga asosan)
Hujjatlar
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash uchun guvohnoma va h.k.);
- O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
- Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
- Mustaqil baholovchi tashkilotning garov mulkini baholash to‘g‘risidagi hisoboti;
- Bankning kredit menejeri (mas’ul xodimlari) tomonidan tuzilgan garovga olinadigan mol-mulkning dastlabki monitoring dalolatnomasi mol-mulkning foto suratlari bilan.
Talablar
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxs.
Qo‘shimcha shartlar
Kredit ta'minoti:
- Mikrokredit miqdorining 125 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda, bank talablariga muvofiq keladigan likvidli mol-mulk garovi.
- Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga ajratiladigan mikrokredit bo‘yicha ta‘minot mikrokredit miqdorining 130 foizidan kam bo’lmasligi lozim.
Kredit berish tartibi:
Sotuvchi hisobiga mablag‘ o‘tkazish orqali.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.