Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 121
  • Yangilangan sana: 14 May 2026, 17:13

Mikrokredit «Mening mahallam»

  • 122
  • Yangilangan sana: 14 May 2026, 17:13
  • Yillik 21% dan ...
    Foiz stavkasi
  • 500 000 so‘m
    Eng kam miqdori
  • 36 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: mavjud emas
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: mavjud emas
  • Ajratish shakli: ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: 125%
  • Ta'minot turi: garov
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari
Foiz stavkasi: Yiliga 21.0% (kredit muddati 12 oygacha bo‘lsa), yiliga 23.0% (24 oygacha), yiliga 25.0% (36 oygacha), yiliga 26.0% (60 oygacha)
Bunda kredit foizlarining 4 foizdan 6 foizgacha qismi kompensatsiya qilinishi mumkin (Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ bilan tuzilgan 27.02.2026 yildagi 1-sonli bosh bitimga asosan)
Hujjatlar
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash uchun guvohnoma va h.k.);
- O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
- Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
- Mustaqil baholovchi tashkilotning garov mulkini baholash to‘g‘risidagi hisoboti;
- Bankning kredit menejeri (mas’ul xodimlari) tomonidan tuzilgan garovga olinadigan mol-mulkning dastlabki monitoring dalolatnomasi mol-mulkning foto suratlari bilan.
Talablar
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxs.
Qo‘shimcha shartlar
Kredit ta'minoti:

- Mikrokredit miqdorining 125 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda, bank talablariga muvofiq keladigan likvidli mol-mulk garovi.
- Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga ajratiladigan mikrokredit bo‘yicha ta‘minot mikrokredit miqdorining 130 foizidan kam bo’lmasligi lozim.

Kredit berish tartibi:
Sotuvchi hisobiga mablag‘ o‘tkazish orqali.



Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Asia Alliance Bank
Litsenziya raqami: 79, 25.12.2021
Manzil: 100047, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasi, 2a uy.
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71 231-60-76
STIR: 207018693
E-mail: info@aab.uz
Sayt: www.aab.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar