Garov shartnomasini rasmiylashtirish uchun hujjatlar ro‘yxati:
Agar mijoz (Qarz oluvchi) nikohda bo‘lmasa (yoki ajrashgan bo‘lsa):
"My gov" dan nikoh guvohnomasi (hujjatlarning asl nusxasidan nusxa olinadi);
Agar mijoz (Qarz oluvchi) nikohda bo‘lsa, qo‘shimcha hujjatlar talab etiladi:
turmush o‘rtog‘ining pasporti (hujjatlarning asl nusxasidan nusxa olinadi);
"My gov" dan nikoh guvohnomasi (hujjatlarning asl nusxasidan nusxa olinadi);
turmush o‘rtog‘ining Bankda rasmiylashtirilgan, turmush o‘rtog‘i avtotransport vositasini Bankka garovga berishga e’tirozi yo‘qligi to‘g‘risidagi arizasi.
Talablar
Kreditni kim rasmiylashtirishi mumkin?
Jismoniy shaxs – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
Qarz oluvchining yoshi:
Kredit berilgan vaqtda kamida 20 yosh;
kredit shartnomasi tugaydigan sanada ayollar uchun -55 yoshdan oshmagan va erkaklar uchun -60 yoshdan oshmagan;
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turishi;
Umumiy mehnat staji – kamida 6 (olti) oy;
Ariza berilgan sanadan boshlab kamida oxirgi 6 oy davomida doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi;
Telefon raqamining mavjudligi;
JSHSHIR mavjudligi;
Qarz yuki ko‘rsatkichi 50 %dan oshmasligi kerak.
Qo‘shimcha shartlar
Kreditning maqsadi — O‘zbekiston Respublikasidagi rasmiy avtosalon/dilerlik markazlaridan birlamchi bozordan yengil avtotransport vositasini sotib olish;
Kredit bo‘yicha foiz stavkasi — Kredit bo‘yicha foiz stavkasi - 24%, "Octobank" AJning ish haqi loyihasi ishtirokchilari uchun - kredit bo‘yicha foiz stavkasi - 21%;
Kredit muddati — O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘m;
Kredit muddati — 60 oygacha;
Kreditni qaytarish usuli — Differensiyalangan yoki annuitet to‘lovlari.
Kredit ta’minoti:
Sotib olinayotgan transport vositasi;
Avtotransport vositasi garovga qo‘yilgunga qadar kreditning qaytarilmaslik xatarini sug‘urtalash polisi.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.