Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 2
  • Yangilangan sana: 28 Aug 2026, 12:08

Ipotekani qayta moliyalashtirish

  • 2
  • Yangilangan sana: 28 Aug 2026, 12:08
  • 24%
    Foiz stavkasi
  • 10 000 000
    Eng kam miqdori
  • 10 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): talab etilmaydi.
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: imtiyozli davrsiz
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): Kredit hisobidan sotib olingan turar-joy mulki kredit summasining kamida 125% qiymatida garov sifatida qabul qilinadi;
  • So‘ndirish usuli: Annuitet
  • Ta'minot turi: mulkni garovga qo‘yish (sotib olinayotgan uy-joy)
Foiz stavkalari

Foiz stavkasi – yillik 24%.

Kredit foizlariga boshqaruv qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Hujjatlar

Talab etiladigan hujjatlar:

  • Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining pasporti yoki ID-kartasi;
  • oxirgi 12 oydagi daromadlari va mehnat faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar (zarur hollarda);
  • boshqa bankda rasmiylashtirilgan amaldagi ipoteka krediti shartnomasi;
  • kredit bo‘yicha qarzdorlikning joriy qoldig‘i to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi bankdan ma’lumotnoma;
  • kreditni to‘lash uchun mablag‘larni o‘tkazish uchun tashqi bankning to‘liq bank rekvizitlari ko‘rsatilgan hisobvaraqdan ma’lumotnoma;
  • ko‘chmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • ko‘chmas mulkning bozor qiymatini baholash to‘g‘risidagi hisobot.
Talablar
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar:
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan, 60 yoshdan oshmagan, shuningdek ish haqi ko‘rinishidagi oylik rasmiy yoki boshqa tasdiqlangan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar.
Qo‘shimcha shartlar
  • Kredit olishni istagan qarz oluvchi rasmiy daromadga ega bo‘lsa, kreditni olish uchun ariza berganida, oxirgi ish joyida kamida 12 (o‘n ikki) oy davomida uzluksiz ishlagan bo‘lishi;
  • Qarz oluvchining o‘rtacha oylik sof daromadining 50%i kredit bo‘yicha eng yuqori oylik to‘lov hamda mavjud kreditlar/qarzlar bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo‘lishi;
  • Qarz oluvchining ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi;
  • Qayta moliyalashtirilayotgan ipoteka krediti bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi, shuningdek ushbu ipoteka krediti to‘lovlari tarixida 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi.Kredit maqsadi – qarz oluvchining boshqa bankdagi ipoteka kreditini qayta moliyalashtirish, ya’ni ilgari olingan ipoteka kreditini so‘ndirish uchun.

    Kredit miqdori – 800 000 000 (sakkiz yuz million) so‘mgacha, biroq qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditining qoldig‘idan oshmagan miqdorda.

    Kredit muddati – qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditining oxirgi muddatiga qadar bo‘lgan muddatga, biroq ajratiladigan kreditning muddati 10 yildan oshmasligi lozim.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Universal bank
Litsenziya raqami: 68, 20.03.2001
Manzil: 150700, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Shoxruxobod ko‘chasi
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: +998 (71) 200-11-10
STIR: 203556638
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar