Yillik 0%
Kredit ta'minoti:
Kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda quyidagi ta’minot turlari taqdim etilishi mumkin:
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab faqat kunduzgi taʼlimda tahsil olayotgan talabalar uchun imtiyozli taʼlim kreditlari ajratiladi.
Ta’lim krediti uchun arizalarni talim-krediti.mf.uz sayti hamda yagona portal orqali ( my.gov.uz) onlayn yuborish mumkin.
Oliy taʼlim tashkilotlarining kunduzgi taʼlim shaklida bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va magistratura mutaxassisligiga toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek oʼqishini koʼchirgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlgan xotin-qiz talabalarning oʼqishi uchun taʼlim krediti ajratiladi.
Kredit shartlari
• talaba krediti olish uchun ariza va pasport; • Talaba va oliy ta'lim muassasasi o'rtasidagi to'lov-kontrakt asosida o'qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma va unga ilova qilinadigan xisob varaqasi/fakturasi(mavjud bo'lsa). Shartnomada o'qishni o'qishning tamomlashning muddati va bir yil uchun to'lov miqdori ko'rsatilgan bo'lishi lozim; • Bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq ta'lim krediti qaytarilishining ta'minoti bo'yicha hujjat. Bunda"Ijtimoiy himoyaning yagona reestri"ga kiritilgan oila farzandlariga ajratiladigan ta'lim krediti bo'yicha garov va kafillik talab etilmaydi. Quyidagilar garov sifatida taqdim etiladi: • Uchinchi tomon kafilligi; • Kredit qaytmasligi xatarini sug'urtalash bo'yicha polis; • Likvidli mol-mulk garovi.
Ta’lim krediti Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan litsenziyalangan davlat oliy ta’lim muassasalari va xususiy oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan talabalarga beriladi. Kredit olishda talabaning yaqin qarindoshlari (otasi, onasi, ukasi, opasi, jiyani, bobosi va buvisi) yoki uning vasiysi jalb qilinadi. Kredit bo‘yicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan hisoblangan ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlari miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Oliy taʼlim tashkilotlarining kunduzgi taʼlim shaklida bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va magistratura mutaxassisligiga toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek oʼqishini koʼchirgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlgan talabalarning oʼqishi uchun taʼlim krediti ajratiladi.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.