O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida talabaning o'qishi uchun ajratilgan ta'lim kreditlari bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobaridan oshganda mol-mulk garovi qo'yish orqali ajratiladi;
Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan va o‘qishni ko‘chirgan yoki kunduzgi ta’lim shakliga o’qishga qabul qilingan talaba va o‘quvchilarga oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov kontrakt summasi miqdorida, Oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) ajratiladi. To’lov kontraktning 20 foizi talabaning o'z hisobidan amalga oshiradi.
Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun — talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud talabalarga;
Professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun — o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo‘lgan o’quvchilarga.
Rasmiylashtirish usuli:mobil ilova / bank ofisi / onlayn
Kreditning yillik foizi Markaziy bankning amaldagi stavkasi miqdoriga teng. Agar shartnomada ko‘zda tutilgan muddat mobaynida stavka tushirilsa, kredit foizi ham unga mos ravishda pasaytiriladi. Aksincha, stavka miqdori oshsa, kredit yillik foizi o‘zgarishsiz qoldiriladi.
Eslatma: Ayni paytda asosiy stavka 14%. Xotin-qizlar uchun 0%.
a) taʼlim krediti olish toʼgʼrisidagi ariza (2-ilova keltirilgan shaklda);
b) talaba va oliy taʼlim muassasasi oʼrtasidagi toʼlov-kontrakt asosida oʼqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan toʼlov-hisob varaqasi. Shartnomada talaba oʼqishni tamomlashining belgilangan muddati va bir yil uchun toʼlov miqdori koʼrsatilgan boʼlishi lozim;
v) kreditning qaytarilish taʼminoti bilan bogʼliq hujjatlar;
Qarz oluvchi yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan bir vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjatini, jumladan fuqarolik pasportini yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasini shaxsan bank xodimiga koʼrsatadi. Bank qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardan zarur koʼchirmalar va nusxalar oladi. Mijozni tegishli tartibda identifikatsiya qiladi.
Ushbu kredit turi faqatgina kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun amal qiladi.
Кredit talaba o‘qishni rasman tamomlagandan keyin oltinchi oydan boshlab, 7 yil davomida qaytariladi.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.