Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 1089
  • Yangilangan sana: 26 Sep 2024, 09:43

Ta'lim krediti

  • 1086
  • Yangilangan sana: 26 Sep 2024, 09:43
  • 13,5%
    Foiz stavkasi
  • 0
    Eng kam miqdori
  • 13,5 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: 0
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: Talabaning rasmiy o‘qish muddati + qo'shimcha 6 oy
  • Ajratish shakli: ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: 125%
  • Ta'minot turi: garov / uchinchi shaxslarning kafilligi
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi / onlayn
Foiz stavkalari
yillik 13,5 foiz
Hujjatlar
  • qarz oluvchi va kafilning pasporti asl nusxasi(ID-karta);
  • to'lov kontrakt-shartnomasi;
  • "Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma(shunday oilalar farzandlari uchun);
  • garov ta'minot hujjatlari (agar ta'minotga garov olinsa).
Talablar
  • O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida talabaning o'qishi uchun ajratilgan ta'lim kreditlari bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobaridan oshganda mol-mulk garovi qo'yish orqali ajratiladi;
  •  Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan va o‘qishni ko‘chirgan yoki kunduzgi ta’lim shakliga o’qishga qabul qilingan talaba va o‘quvchilarga oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov kontrakt summasi miqdorida, Oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) ajratiladi. To’lov kontraktning 20 foizi talabaning o'z hisobidan amalga oshiradi.

Qo‘shimcha shartlar
Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun — talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud talabalarga;
Professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun — o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo‘lgan o’quvchilarga.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Xalq banki
Litsenziya raqami: 25, 21.10.1993
Manzil: 100096, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi 46-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 1106
STIR: 207215726
E-mail: info@xb.uz
Sayt: www.xb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar