Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 1186
  • Yangilangan sana: 31 Mar 2026, 11:26

"Yashil ipoteka 1" ipoteka krediti

  • 1187
  • Yangilangan sana: 31 Mar 2026, 11:26
  • 20%
    Foiz stavkasi
  • 1 mln so'm
    Eng kam miqdori
  • 10 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 0%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: Mavjud emas
  • Ajratish shakli: Bank kartasiga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 125%
Foiz stavkalari
Yillik foiz stavkasi 20%
Hujjatlar
1) Loyihaning “yashilligi”ni tasdiqlovchi sertifikat:
  • loyihaning ekologik barqarorligini tasdiqlash uchun www.green.uzmrc.uz veb-saytidagi sertifikatlangan baholash tizimidan foydalaniladi
2) Kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:
  • qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning pasporti (ID kartasi);
  • oldi-sotdi shartnomasi;
  • mustaqil baholovchi tomonidan tayyorlangan baholash xulosasi;
  • sertifikat;
  • IIBdan 17-shakl (birgalikda qarz oluvchi taqdim etilganda);
Talablar

1) Kreditlashga muvofiq turar-joy turi:
  • Yakka tartibda qurilgan uy-joylar (hovli) yoki ko'p qavatli uydagi xonadonlar,
  • Yashashga tayyor bo'lmagan uylar talabga nomuvofiq hisoblanadi;
2) Rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

3) Murojaat qilgan kunida 18 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi;

4)  Kredit tarixiga qo‘yiladigan talablar:
  • oxirgi 24 oy davomida 4 marta 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorligi va/yoki oxirgi 6 oyda 1 marta 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lganda kredit ajratilmaydi
5) Uy-joy sug‘urtasi: uy-joyning 100 foiz qayta tiklash qiymati;

6) Ta’minot:
  • ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan uy-joy kredit ta’minoti sifatida garovga olinadi

Qo‘shimcha shartlar
1) Qarz oluvchi yashab turgan xonadonni qayta ta’mirlash uchun (quyosh panellari, ikki va uch oynali derazalar, eshiklar, qozon, devor va tom izolyatsiyasi, issiqlik nasosi, havo sovutkich (konditsioner), quyoshli suv isitgichi (kollektor) va boshqa qurilish materiallarini sotib olish hamda o‘rnatish uchun) kredit ajratiladi:
  • tarkibiy o‘zgartirishlar (rekonstruksiya) ushbu yo‘nalishga kirmaydi;

2) Alohida shart:

  • qarz oluvchining oylik sof daromadi yetmagan taqdirda, birgalikda qarz oluvchi sifatida faqat birgalikda yashovchi xo‘jalik a’zolarini jalb qilish mumkin;

  • qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning oylik daromadi 17 mln so‘mdan oshmasligi lozim;

  • ikkinchi ipoteka krediti, joriy ipoteka krediti hisobiga olingan uy-joy uchun yangi ipoteka krediti olish, shuningdek mavjud ipoteka krediti bo‘lgan taqdirda ipoteka krediti ajratish mumkin emas;

  • kredit mablag‘larining kamida 50 foizi energiya tejamkor mahsulotlar uchun ishlatilishi shart;

  •  mijoz uy-joyni qayta ta’mirlash uchun mahsulot pasportida belgilangan kredit summasi yetmagan taqdirda, qo‘shimcha ravishda “Yashil ipoteka 2” kredit mahsulotidan foydalanishi mumkin.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Xalq banki
Litsenziya raqami: 25, 21.10.1993
Manzil: 100096, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi 46-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 1106
STIR: 207215726
E-mail: info@xb.uz
Sayt: www.xb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar