Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 909
  • Yangilangan sana: 24 Jan 2025, 19:16

Ta’lim krediti

  • 906
  • Yangilangan sana: 24 Jan 2025, 19:16
  • 13.5%
    Foiz stavkasi
  • 5 000 000 so'm
    Eng kam miqdori
  • 15 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: -
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: 125%
  • Ta'minot turi: uchinchi shaxslarning kafilligi / sug‘urta polisi / ta’minotsiz
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari
Yillik 13.5%
Hujjatlar
  • taʼlim krediti olish to‘g‘risidagi ariza;
  • talaba va oliy taʼlim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud boʼlganda), (shartnoma (kontrakt)da o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim);
  • ID karta yoki pasport va pasport o‘rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
  • daromadlari to‘g‘risidagi hujjatlar/elektron maʼlumotlar;
  • qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

Talablar
Kredit ta'minoti:
Kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda quyidagi ta’minot turlari taqdim etilishi mumkin:
  • Mol-mulk ta'minoti;
  • Uchinchi shaxs kafilligi;
  • Kredit qaytmaslik xatarini sug‘urtalash polisi;
  • Depozit va oltindan yasalgan zargarlik buyumlari;
  • Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ta'minot turlari.

Qo‘shimcha shartlar
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab faqat kunduzgi taʼlimda tahsil olayotgan talabalar uchun imtiyozli taʼlim kreditlari ajratiladi.

Ta’lim krediti uchun arizalarni talim-krediti.mf.uz sayti hamda yagona portal orqali ( my.gov.uz) onlayn yuborish mumkin.

Oliy taʼlim tashkilotlarining kunduzgi taʼlim shaklida bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va magistratura mutaxassisligiga toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek oʼqishini koʼchirgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlgan talabalarning oʼqishi uchun taʼlim krediti ajratiladi.

Kredit shartlari
  • 15 yilgacha (oliy taʼlim tashkilotlarida oʼqish davri hisobga olingan holda, talabaning rasmiy oʼqish muddati tugagandan soʼng yettinchi oydan boshlab yetti yil) 
  • Foizi: Oʼzgaruvchan,  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida ajratiladi (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi tushganda foiz miqdori pasayadi, ko‘tarilgandao‘zgarishsiz qoladi).
  • Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega boʼlgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin; 
  • Birgalikda kredit oluvchilar 3 kishidan oshmasligi lozim.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Mikrokreditbank
Litsenziya raqami: 37, 13.05.2006
Manzil: 100047, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi 4-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 1285, +998 55 503-63-63
STIR: 200547792
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar