|
Yillik foiz stavkasi |
21,99 foiz |
1. Fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi;
2. Boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi (birlamchi bozordan xonadon sotib olishda qarz oluvchi tomonidan boshlang‘ich badal mablag‘lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri pudrat tashkiloti hisobvarag‘iga o‘tkazilgan hollarda, pul mablag‘lari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat);
3. Sotib olinadigan uy-joyga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat reestridan ko‘chirma nusxasi yoxud uy-joyga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi boshqa hujjat;
4. Sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tuzilgan dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;
5. Uy-joy qiymatini baholash hisoboti;
6. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun-o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma va ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Qarz oluvchilar/birgalikda qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) muvofiqlik mezonlari:
- Murojaat qilgan kunida 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan va 60 (oltmish) yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va rezidentlari
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.