Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 13515
  • Yangilangan sana: 14 Jun 2023, 11:46

Garovsiz ipoteka

  • 13492
  • Yangilangan sana: 14 Jun 2023, 11:46
  • 18%
    Foiz stavkasi
  • 5 000 000 so'm
    Eng kam miqdori
  • 20 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): Yakka tartibdagi xonadonda qoʼshimcha uy-joy qurish ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida boshlangʼich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʼlishi
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oy
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): -
Foiz stavkalari
18%
Hujjatlar
1) ID karta yoki pasport va pasport o‘rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, ID karta yoki pasport nusxasi ham talab etiladi;

2)  daromadlari to‘g‘risidagi hujjatlar/elektron ma’lumotlar;

 3) yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilish yoki mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;

4) yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joy qurishga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari;

 5)pudrat tashkiloti bilan qurilish ishlarini bajarish / qurilish mahsulotlari sotib olish / o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilar bilan tuzilgan shartnoma (loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymatdan oshmagan miqdorda);

6) qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin
Talablar
a) kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlarning alohida toifalariga mansub O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
b) “Temir daftar” va “Ayollar daftari” ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari” ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan) bo‘lishi lozim;
v) daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yohud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida taqiqilanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi;
g) qarz yuki ko‘rsatkichi qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlarining ushbu qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadlarining 70 foizidan yuqori bo‘lmasligi;
d) yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joy qurish ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida boshlang‘ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
ye) kredit ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida qarz oluvchining kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
j) ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalardan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha boshqa yordam olmagan bo‘lishi;
z) yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joy qurish yer uchastkasiga umrbod egalik qilish yoki mulk huquqi va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga ega bo‘lishi.
Qo‘shimcha shartlar
Yakka tartibdagi xonadonda qoʼshimcha uy-joy qurish ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida boshlangʼich badalni shakllantirishQarz oluvchining kreditni qaytarish boʼyicha majburiyati taʼminoti sifatida ajratilgan kreditlarning muddati oʼtgan asosiy va foiz qarzdorligini qoplab berish sharti bilan quyidagilar taqdim etiladi:

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandi uchun – “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasining kafilligi;

“Аyollar daftari” ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlari uchun – “Аyollar daftari” jamgʼarmasining kafilligi;

“Yoshlar daftari” ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlar uchun – “Yoshlar daftari” jamgʼarmasining kafilligi.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Mikrokreditbank
Litsenziya raqami: 37, 13.05.2006
Manzil: 100096, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-273-04-40
STIR: 200547792
E-mail: -
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar