Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 696
  • Yangilangan sana: 22 Apr 2024, 15:27

Ipoteka krediti

  • 696
  • Yangilangan sana: 22 Apr 2024, 15:27
  • 26%
    Foiz stavkasi
  • 500 000 so‘m
    Eng kam miqdori
  • 61-84 oy
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 25%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 115%
Foiz stavkalari

  Foiz stavkasi

25-60 Oy

61-84 Oy

85-120 Oy

  Boshlan’ich badal 25%

 

      25,5%

 

  26%

 

  28%

  Rasmiy daromadga ega bo’lmagan jismoniy shaxslar uchun foiz stavkalar Boshlang’ich badal (>=30%) *

 

     

      25,5%

 

 

  26%

 

 

  28%

 * YATTlar va o’zini o’zi band qilgan jismoniy shaxslar uchun hamda rasmiy daromadga ega bo’lmagan jismoniy shaxs-qarz oluvchi uchun boshlang’ich badal eng kamida 30 (o’ttiz) % ni tashkil qilishi kerak.

Hujjatlar

• Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (Pasport, ID-karta, yashash uchun guvohnoma va x.k.) asl nusxasi;

• Sotib olinadigan uy-joy sotish bo‘yicha dastlabki shartnoma;

• Sotib olinadigan uy-joyning bozor bahosi to‘g‘risidagi hujjat;

• Sotib olinadigan uy-joy kadastr nusxasi;

• Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar bank tomonidan maxsus tarmoqlar orqali elektron shaklda mustaqil ravishda olinadi. Agar qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin.



Talablar

Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar

• Kreditni qaytarish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha;

• Salbiy kredit tarixining yo‘qligi;

• Bank va/yoki kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligi;

• Mijozning o‘rtacha oylik daromadidan kelib chiqib, mavjud kredit to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlaridan qolgan mablag‘ini 60% kreditning asosiy va foiz to‘lovlarini so‘ndirishga yo‘naltirilishi;

• O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxs qarz oluvchi bo‘lganda, norezidentning ish joyidan kelib chiqib qo‘shimcha tarzda O‘zbekiston Respublikasi fuqorosining kafilligi talab qilinishi mumkin;

• Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslar o‘z arizasida kredit to‘lovi uchun yetarli miqdorda norasmiy daromadlarini bayon qiladi (bank hisob raqami orqali aylangan).

Birgalikda qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar

• Kreditni qaytarish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha;

• Salbiy kredit tarixining yo‘qligi;

• Bank va/yoki kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligi;

• Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining jami o‘rtacha sof daromadlarining 60% kredit bo‘yicha eng yuqori oylik to‘lovni hamda mavjud kreditlari/qarzdorligi bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo‘lishi lozim.

Qo‘shimcha shartlar
-
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Ziraat Bank Uzbekistan
Litsenziya raqami: 1, 13.05.1993
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 15/АБВ
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 78-150-43-31
STIR: 201178469
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar