Qo‘shimcha shartlar
Quyidagi hollarda – bepul:
1. Barcha turdagi davlat bojlarini va ma’muriy jarimalarni to‘lash
2. Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladigan
to‘lovlar
3. Ta'lim muassasalari va MUNIS tizimida ro‘yxatdan o‘tgan sog‘liqni saqlash muassasalariga to‘lovlar
4. Barcha turdagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar
5. Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan undiriladigan sud qarorlari va boshqa organlar qarorlari uchun to‘lovlar
6. "E-auksion" Elektron savdo platformasi va "K-Savdo" avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun to‘lovlar
7. Havo, temir yo‘l va boshqa jamoat transportlarida yo‘lovchi biletlari uchun to‘lovlar
8. Soliqlarni (shu jumladan, soliqlar bo‘yicha penya va jarimalarni) to‘lashga yo‘naltirilgan mablag‘lar
9. "UZAUTO MOTORS" AJ hisobvaraqlariga yo‘naltirilgan mablag‘lar
10. Asia Alliance Bank tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha boshlang‘ich to‘lovlar, shuningdek, ushbu kreditlar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish
11. Xalqaro pul va bank o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun qabul qilingan mablag‘lar
12. Mijozning arizasiga asosan mijoz hisob raqamiga noto‘g‘ri kelib tushgan mablag‘larni qaytarish
13. Asia Alliance Bank tizimida ochilgan hisob raqamlariga yo‘naltirilgan mablag‘lar (Munis tizimi orqali o‘tkazmalar bundan mustasno)
To‘lovlar
Asia Alliance Bank yangi bank mahsuloti - Humo-Visa kobeyjing kartasini taqdim etadi.
Humo-Visa kobeyjing kartasi - bu ikkita to‘lov tizimining afzalliklarini birlashtirgan universal to‘lov vositasidir. U O‘zbekiston hududida ham, uning tashqarisida ham to‘lovga qabul qilinadi, dunyoning istalgan nuqtasida erkinlik va qulaylikni ta’minlaydi.
Bunda xorijdagi xaridlar va Internet tarmog‘idagi onlayn to‘lovlar to‘lov vaqtida milliy valyutani xorijiy valyutaga bir zumda konvertatsiya qilish orqali xorijiy valyutada amalga oshiriladi.
Humo-Visa kobeyjing kartasining afzalliklari:
• o‘zingiz bilan ikkita - so‘m va valyuta kartalarini olib yurishning hojati yo‘q;
• xorijiy valyutada to‘lov amalga oshirilganda so‘mdagi mablag‘larni bir zumda konvertatsiya qilish;
• kartadan kartaga qulay P2P o‘tkazmalari;
• Internet orqali xaridlarni amalga oshirish;
• zamonaviy texnologiyalar (kontaktsiz to‘lov usuli NFC, ko‘p darajali himoya tizimi va boshqalar).
Humo-Visa kobeydjing kartasi qulaylik, ishonchlilik va global imkoniyatlarni qadrlaydigan insonlar uchun eng maqbul yechimdir. U har bir detaldagi qulaylikni qadrlaydigan va butun dunyo bo‘ylab erkin harakatlanishga intiladiganlar uchun yaratilgan.