Barcha xizmatlarning narxi QQS bilan ko'rsatilgan.
Kartani chiqarish:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi yoki ish joyi bo‘lgan rezidentlarga va norezidentlarga - 120 000 so'm
2) doimiy yashash joyi bo‘lmagan norezidentlarga - 2 000 000 so'm
"O‘zmilliybank" AJ Mastercard bilan birgalikda "Xaridlar uchun Cashback" sodiqlik dasturini ishga tushirdi.
Sodiqlik dasturi bankning Mastercard: Virtual, Standard, Gold, Platinum va World Elite xalqaro to‘lov kartalari egalari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun o‘tkaziladi.
O‘tkazish muddati: 2024-yil 1-oktyabrdan 2025-yil 31-yanvargacha.
Sodiqlik dasturida ishtirok etish uchun tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovni bankning Mastercard kartasi orqali savdo-servis korxonalarida to‘lov terminali orqali yoki Internet tarmog‘ida onlayn amalga oshirish zarur.
Sodiqlik dasturida quyidagi operatsiyalar ishtirok etmaydi:
· Kartadan kartaga o‘tkazmalar (P2P);
· Naqd pullarni kassa, terminal yoki bankomatlar orqali yechib olish;
· Milliy bank ilovasida xizmatlar uchun to'lov.
Sodiqlik dasturining amal qilish muddati davomida uning shartlari bajarilsa, Mastercard karta egalari karta yordamida amalga oshirilgan to‘lov summasidan Cashback hisoblanadi:
-Mastercard Standard - 0,8%;
-Mastercard Gold - 1,0%;
-Mastercard Platinum - 1,2%;
-Mastercard World Elite - 1,5%.
Oylik Cashbackning maksimal pul miqdori:
-Mastercard Standard - 1 000 000 so‘m;
-Mastercard Gold - 1 200 000 so‘m;
-Mastercard Platinum - 1 400 000 so‘m;
-Mastercard World Elite - 1 500 000 so‘m.
Cashback summasi xarid qilingan oydan keyingi oyning 20-kuniga qadar Mastercard kartangizga o‘tkaziladi.
Xaridlaringiz uchun Cashback olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.