Mastercard Standard to'lov kartasi sizga tovar va xizmatlar uchun kontaktsiz to'lovlarni amalga oshirish, Mastercard tizimi mavjud bo'lgan dunyoning istalgan mamlakatlarida naqd pul olish imkoniyatini beradi. Mastercard Standard yordamida kundalik xaridlardan tortib, orzudagi sayohatlarga qadar xarajatlaringizni boshqarish qulay.
Mastercard afzalliklari:Ishonchli va ommabop
Dunyoning 170 ta davlatida foydalanish mumkin
Internetda qulay xaridlar
Kartadagi operatsiyalarni onlayn kuzatib borish
Mastercard egalari kartadan kartaga o‘zaro pul o‘tkazishi mumkin;
Xizmat 24/7 mavjud;
Shuningdek, Mastercard kartalari uchun “3d secure” xizmatini ham taqdim etamiz.
“3d secure” - mobil telefonga SMS-xabar shaklida yuborilgan bir martalik parol bilan tasdiqlangan Internetdagi karta to'lovlari xavfsizligini ta'minlash texnologiyasi.
U quyidagi qator xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirganda qo‘l keladi:
ayrim internet-do‘konlarda;
mehmonxonalarni band qilishda;
masofadan aviachiptalar xaridida.
Karta pul birligi: AQSH dollari
Kartani ochish bo‘yicha bank xizmati: 45 000 so‘m
Amal qilish muddati: 3 yil
Kartani qayta tiklash: 45 000 so‘m
Kerakli hujjatlar: ID karta yoki pasport.