Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 201
  • Yangilangan sana: 26 Dec 2024, 16:44

Avtokredit «UzAuto-50»

  • 201
  • Yangilangan sana: 26 Dec 2024, 16:44
  • от 5,89%
    Foiz stavkasi
  • 5 000 000
    Eng kam miqdori
  • 48 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 15 % dan boshlab
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud emas
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda
Foiz stavkalari
Кредит муддати ва фоиз ставкалари*
Бошланғич бадал миқдори
(Автотранспорт воситасини йетказиб бериш шартномасида белгиланган нархга нисбатан) 
Кредит муддати  Фоиз ставкаси 
15 % дан бошлаб** 48 ой муддатга
Йиллик 21,99 %
25 % дан бошлаб 48 ой муддатга
Йиллик 21,29 %
35 % дан бошлаб 48 ой муддатга Йиллик 20,49 %
40 % дан бошлаб 48 ой муддатга
Йиллик 19,89 %
50 % дан бошлаб 24 ой муддатга
Йиллик 5,89 %
36 ой муддатга
Йиллик 13,89 %
Hujjatlar
Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

1.  Chaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport,  ID-karta,  yashash uchun guvohnoma va h. k. )
2.  Avtotransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi
3.  Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar
4.  Mijozning turmush o‘rtog‘i mavjud hollarda turmush o‘rtogining kredit hisobiga sotib olinadigan avtotransport vositasining garovga taqdim etilishiga rozilik arizasi,  turmush o‘rtog‘i mavjud bo‘lmagan hollarda mijoz tomonidan kredit ajratish uchun ariza berilgan kunga nikoh mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat
5.  O‘zini-o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma. *
*kredit o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilganda.
 

Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bank tomonidan maxsus tarmoqlar orqali elektron shaklda mustaqil ravishda olinadi.  Bunda daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kamida oxirgi 6 (olti) oy uchun hisoblandi.  Agar Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda,  o‘rtacha oylik daromadlarini va boshqa daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar Qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin. 
Talablar

Avtokredit «UzAuto-50» – «UzAuto Motors» AJ bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan maxsus taklif doirasida Onix, Tracker, Captiva, Malibu, Traverse modellaridagi yangi yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun.

Maxsus taklif doirasida Onix va Tracker avtomobillari uchun standart narxlarda amal qiladi. Ushbu modellarga chegirmalar taqdim etilmaydi.

Kredit Avtotransport vositasini yetkazib berish shartnomasida belgilangan, kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi narxining 85% miqdorigacha beriladi. 

Qarz oluvchilar kredit muddatiga qarab quyida taqdim qilinayotgan shartlardan biriga asoslangan holda o’ziga qulay foizni tanlashlari mumkin:

Qo‘shimcha shartlar

*Mazkur kredit shartlari Onix, Tracker avtomobillari uchun chegirmasiz narxlarda va modifikatsiyalarda amal qiladi.  
**O’zini o’zi band qilgan shaxslar uchun boshlang’ich badal miqdori:
Avtotransport vositasini yetkazib berish shartnomasida belgilangan, kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi narxining 25% dan kam bo’lmagan miqdorda.

Kredit avtotransport vositasini ishlab chiqaruvchi korxona yoki uning rasmiy dillerlarining hisob raqamiga kredit mablag’larini to’liq ko’chirish yo’li orqali ajratiladi. Transh (bo’lib-bo’lib ajratish) shaklda kredit mablag’larini ajratish taqiqlanadi.

Kredit va hisoblangan foizlarni to’lash kredit shartnomasida belgilangan tartibda va shartlarda annuitet yoki differensial to’lov usulida amalga oshiriladi. Bunda, avtotransport narxining 50% foiz miqdoridagi boshlang’ich badal bilan yillik 5,89 foizda 24 oy muddatga rasmiylashtiriladigan avtokreditlar differensial to’lov usulida amalga oshiriladi.

Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining alohida sof daromadi BHMning 6 barobaridan kam bo’lmasligi lozim. 

Qarz oluvchi va Birgalikda qarz oluchining jami o’rtacha sof daromadining 60% kredit bo’yicha eng yuqori oylik to’lov hamda mavjud kreditlar/qarzlar bo’yicha o’rtacha oylik to’lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo’lishi lozim. 

Maxsus taklifda Onix, Tracker avtomobillarining faqat chegirmasiz narxlari va modifikatsiyalari ishtirok etadi.

Bank tomonidan kredit bo’yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

·Asosiy ta’minot – sotib olinadigan avtotransport vositasi.
·Ushbu sotib olinadigan avtotransport vositasi ta’minot sifatida avtotransport qiymatining 70% dan ko’p bo’lmagan qiymatda qabul qilinadi;
·Kredit bo’yicha majburiyatlarni vaqtincha ta’minlash (asosiy ta’minot garov shartnomasini notarial yoki bank   tomonidan mustaqil ravishda rasmiylashtirilguniga qadar) – sug’urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik xavfini sug’urta qilish polisi;
·Qo’shimcha ta’minot - sug’urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik xavfini sug’urta qilish polisi (kredit ta’minoti qiymatining yetmagan qismiga).
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
ASIA ALLIANCE BANK
Litsenziya raqami: 79, 25.12.2021
Manzil: 100047, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasi, 2a uy.
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-231-60-76
STIR: 207018693
E-mail: info@aab.uz
Sayt: www.aab.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar