Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 128
  • Yangilangan sana: 2 Apr 2026, 11:43

Avtokredit (birlamchi bozor)

  • 129
  • Yangilangan sana: 2 Apr 2026, 11:43
  • 21,0% - 27,0%
    Foiz stavkasi
  • 0
    Eng kam miqdori
  • 60 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 30%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 115%
Foiz stavkalari

 

 

 

 

 

Foiz stavkasi

Foiz stavkasi

1 - 12 oy

13 - 24 oy

25 - 36 oy

37 - 48 oy

49 - 60 oy

Boshlang‘ich badal 30%

 

22,5%

 

23%

 

24%

 

25%

 

26%

Boshlang‘ich badal (≥40%)

 

21%

 

22%

 

23%

 

24%

 

25%

Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar uchun foiz stavkalari

 

Boshlang‘ich badal (≥30%)*

 

%23

 

%24

 

%25

 

26%

 

27%

 

 

 

 

 

 

* Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs-qarz oluvchi uchun boshlang‘ich badal eng kamida 30 (yigirma)%ni tashkil qilishi kerak.

Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs — doimiy oylik ish haqiga ega bo‘lmagan shaxslar tushuniladi (yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar ham kiradi). Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlarida kamida oxirgi 6 (olti) oy davomida muntazam pul tushumi mavjud bo‘lishi lozim.

• Sotib olinayotgan avtotransport vositasidan tashqari yetarli miqdorda boshqa ta’minot taqdim qilingan taqdirda, boshlang‘ich badal talab qilinmaydi.


Hujjatlar

• Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash uchun guvohnoma va hokazo) asl nusxasi;

• Avtotransport vositasini oldi-sotdi shartnomasi;

• Qarz oluvchining daromadini tasdiqlovchi hujjat (ish haqi va unga tenglashtirilgan daromadlar, nafaqa, ijara haqi va boshqa rasmiy daromadlar);

• Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan qarz oluvchining bank hisob raqamidan aylanish (aylanma) ma’lumotnomasi.

Talablar
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar

• Kreditni qaytarish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lishi;

• Salbiy kredit tarixining yo‘qligi;

• Bank va/yoki kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligi;

• Mijozning o‘rtacha oylik daromadidan kelib chiqib, mavjud kredit to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlardan qolgan mablag‘ning 50% kreditning asosiy qarzi va foiz to‘lovlarini so‘ndirishga yo‘naltirilishi;

• Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslar kredit to‘lovi uchun yetarli miqdorda daromadlari haqida ma’lumot taqdim etadi.

Birgalikda qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar

• Kreditni qaytarish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lishi;

• Salbiy kredit tarixining yo‘qligi;

• Bank va/yoki kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligi;

• Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining jami o‘rtacha sof daromadlarining 50% kredit bo‘yicha eng yuqori oylik to‘lovni hamda mavjud kreditlari/qarzdorligi bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo‘lishi lozim.

Qo‘shimcha shartlar

• Kredit miqdorining 115% dan kam bo‘lmagan qiymatda sotib olinayotgan va/yoki boshqa transport vositasi, ko‘chmas mulk garovi, uchinchi shaxslar kafilligi, kredit qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish polisi;

• Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha ta’minot O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan miqdorda qabul qilinadi.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Ziraat Bank Uzbekistan
Litsenziya raqami: 1, 13.05.1993
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 15/АБВ
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 78-150-43-31
STIR: 201178469
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar