Avtomobil narxining 20% miqdorida dastlabki to'lov bilan - yillik 24,9%;
Avtomobil narxining 30% miqdorida dastlabki to'lov bilan - yillik 23,9%
Avtomobil narxining 40% miqdorida dastlabki to'lov bilan - yillik 22,9%;
Avtomobil narxining 50% va undan yuqori miqdorida dastlabki to'lov bilan - yillik 21,9%;
Hujjatlar
Pasport
Avtomobil sotib olish uchun shartnoma
Talablar
Kredit ta'minoti sifatida:
Kredit mablag'lari ajratilishidan avval garov ta'minoti sifatida naqd pul ko'rinishida milliy/xorijiy valyutadagi omonat va/yoki garov ta'minotini kredit mablaglari hisobiga sotib olingan avtotransport vositasiga almashtirish huquqi bilan kredit summasining kamida 125%/130% miqdorida likvid ko'char/ko'chmas mulk garovi qabul qilinadi.
Kredit mablag‘lari hisobidan sotib olingan avtotransport vositasiga egalik huquqi rasmiylashtirilgach, avtotransport vositasi qiymatining 100% gacha bo‘lgan garov qiymati bilan garov shartnomasi rasmiylashtiriladi.
Avtotransport vositasi qiymatining 30% yoki 30% dan ko‘p miqdorida dastlabki to‘lov amalga oshirilgan taqdirda, garov qiymati avtotransport vositasi qiymatining 90% gacha bo‘lgan miqdorda qabul qilinadi.
Qo‘shimcha shartlar
Boshlang'ich badal miqdori 50% dan oshgan taqdirda oylik ish xaqi to'g'risida ma'lumotnoma talab etilmaydi
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.