Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 717
  • Yangilangan sana: 21 Jun 2023, 14:21

«Qulay uy» ipoteka krediti (vaqtichalik to'xtilgan)

  • 718
  • Yangilangan sana: 21 Jun 2023, 14:21
  • 23-25%
    Foiz stavkasi
  • 50 000 000 so‘m
    Eng kam miqdori
  • 120 oy
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 26%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 3 oygacha
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): -
Foiz stavkalari
  • agar dastlabki badal kamida 51% bo’lsa, yillik 23%;
  • agar dastlabki badal kamida 26% bo’lsa, yillik 25%.
Hujjatlar
  • O’zbekiston fuqarosining pasporti;
  • doimiy daromadning mavjudligi;
  • xonadonni sotib olishga dastlabki shartnoma;
  • kadastr pasportining nusxasi.
Talablar
  • O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lish
  • salbiy kredit tarixining yo'qligi
  • dastlabki to'lovni to'lash uchun yetarli miqdordagi shaxsiy mablag'larning mavjudligi
  • daromadning yetarliligi (qarzdorlik yuklamasi 70% dan oshmasligi kerak)
  • so'nggi olti oy davomida doimiy daromad manbaiga ega bo'lish. Daromadlari yetarli bo'lmagan taqdirda qo`chimcha qarz oluvchilarga ruxsat etiladi
Qo‘shimcha shartlar
Ipoteka kreditlari rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ham ajratilishi mumkin. Bunda ularning bank kartalaridan pul aylanmalari va boshqa turdagi daromadlari ham inobatga olinishi mumkin

«Qulay uy» ipoteka krediti xonadonlar va uylar sotib olish uchun beriladi. Qarz oluvchiga eslatma:
  • Daromad qanday bo’lishi lozim? Har oylik to’lov daromadning 70% dan oshmasligi lozim. Agar daromad yetarli bo’lmasa, u holda birgalikda qarz oluvchilarni rasmiylashtirish mumkin.
  • Ipoteka krediti uchun qayerga murojaat etish kerak? Ipoteka krediti ro’yxatda turgan joyi bo’yicha emas, balki xarid qilinayotgan uy-joy joylashgan hudud bo’yicha «Kapitalbank» filialida rasmiylashtiriladi.
  • Kredit buyurtmasini ko’rib chiqishga necha kun ketadi? Ko’rib chiqish hamda kreditni ajratish yoki rad etish to’g’risidagi javobini berish bir necha ish kunida amalga oshiriladi.
  • Bitim qanday amalga oshiriladi? Kredit ma’qullanganidan keyin bank bitimni qayd etish uchun notariusga majburiyatnoma-xat yuboradi. Xat asosida quruvchi uy-joy mulkini xaridor nomiga rasmiylashtiradi, bank esa, o’z navbatida, uy-joy mulkini garov sifatida rasmiylashtiradi. Xarid qilinayotgan uy-joy garov bo’ladi. Mazkur garov rasmiylashtirilgach, bank pulni sotuvchining hisob raqamiga o’tkazib beradi.
  • Dastlabki badalni qayerda to’lash kerak? Kamida 26% miqdordagi dastlabki badalni ipoteka rasmiylashtirilayotgan «Kapitalbank» filialida to’lash lozim.
  • Olingan kreditni qaytarish qanday tartibda amalga oshiriladi? Qaytarish har oyda, 3 oygacha imtiyozli muddat bilan yoki imtiyozli muddatsiz, annuitet uslubda amalga oshiriladi.
Muhim! Kredit olish uchun siz ishga joylashgan va barqaror daromadga ega bo’lishingiz lozim. Daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnomani ish joyingizdagi buxgalteriyadan olishingiz mumkin, yoki bankning o’zi daromadlaringiz haqidagi axborotni o’zaro bog’langan manbalar orqali olishi mumkin.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Kapitalbank
Litsenziya raqami: 69, 25.12.2021
Manzil: 100047, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sayilgox ko‘chasi, 7
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 78-148-40-11
STIR: 207127843
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar