Hujjatlar
1) kredit ajratilishi yuzasidan ariza;
2) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi pasportining (harbiy guvohnoma) nusxasi;
3) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
4) sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirilganligini tasdiqlovchi xujjat;
5) Uy-joy qurgan pudrat tashkiloti bilan kvartirani sotib olish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma;
6) Qarz oluvchining daromadlari toʼgʼrisida maʼlumotnoma(3-12 oy)
Talablar
Ipoteka kreditlari quyidagi talablarga javob beradigan potentsial qarz oluvchiga beriladi:
a) ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʼlgan va 50 yoshdan oshmagan fuqarolarga;
b) Oʼzbekiston Respublikasi hududida doimiy roʼyxatdan oʼtgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
v) doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʼjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti boʼyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʼlov jadvaliga muvofiq har oyda toʼlash uchun yetarli boʼlgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʼlgan shaxslarga;
g) qarz yuki koʼrsatkichi 70 foizdan yuqori boʼlmagan shaxslarga;
d) ipoteka krediti olish uchun boshlangʼich badal mablagʼlarini shakllantirish imkoniyatiga ega boʼlgan shaxslarga (uy-joy qurish, qayta qurishda boshlangʼich badal sifatida mavjud qurilish materiallari, ishchi kuchi va bajarilgan qurilish-montaj ishlari taqdim qilingan hollar bundan mustasno);
ye) uy-joy qurish, qayta qurishda uy-joylarning moliyaviy smeta hisob-kitobi qiymati yoki birlamchi uy-joy bozoridan sotib olinadigan kvartira qiymati Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi “Аholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4701-sonli qarorining 3-bandida belgilangan ipoteka kreditining eng koʼp miqdorlari boʼyicha aniqlanadigan uy-joy yoki kvartiraning qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning oshib ketgan qismini shakllantirish (toʼlash) imkoniyatiga ega boʼlgan shaxslarga;
j) ipoteka kreditini ajratishni koʼrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorligi mavjud boʼlmagan shaxslarga;
z) uy-joy qurishda-er uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan, qayta qurishda-uy-joy yer uchastkasi bilan birga qarz oluvchiga mulk huquqi bilan tegishli boʼlgan shaxslarga.
14. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning ipoteka kreditini qaytarish boʼyicha majburiyatlarining taʼminoti sifatida:
- uy-joy qurishda-er uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
- qayta qurishda-er uchastkasi bilan birga barpo etilayotgan uy-joy;
- birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olishda-ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda qarz oluvchi mulkiga oʼtadigan kvartira garovga qoʼyiladi.
Qarz oluvchiga tegishli extiyojidan ortiq boʼlgan likvid boshqa turar-joy obʼekti ham muqobil yoki qoʼshimcha garov sifatida qabul qilinishi mumkin.
Qo‘shimcha shartlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda -327,250 mln.so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda - Toshkent shahrida - 416,50 mln.so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda; (Sotib olinadigan kvartiraning qiymati ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lanadi)