Asosiy qarzning muddati o'tgan qismi bo'yicha foizlar (muddati o'tgandan so'ng):
yillik 16%
Hujjatlar
Pasport
Jismoniy shaxsning daromad manbalari, pensiya yoki boshqa rasmiy daromad manbalari to'g'risidagi ma'lumotnoma
Talablar
Kredit ta'minoti sifatida:
20,0 mln.so‘mgacha bo'lgan miqdorda kredit olishda – jismoniy shaxslarning kafilligi va/yoki kreditning qaytmaslik xatarini sug'urtalash polisi qabul qilinadi;
20,0 mln.so'mdan ortiq miqdorda kredit olishda – Bank talablariga javob beradigan garov ta'minoti taqdim etiladi;
Qo‘shimcha shartlar
Qarz yuki:
Qarz yukining ruxsat etilgan qiymati, qarz oluvchining barcha oylik majburiyatlarini hisobga olgan holda - 60%
Mikroqarz ajratish shakli:
Mikroqarz summasi Bank bilan hamkorlik shartnomasi rasmiylashtirilgan savdo tashkilotlaridan tovarlar sotib olish uchun Bank tomonidan chiqarilgan maxsus milliy valyutadagi bank plastik kartasiga o'tkazib berish yo'li orqali amalga oshiriladi.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.