Visa Classic - bu karta Visa logotipi bo‘lgan deyarli barcha nuqtalarda to‘lovga qabul qilinadi. Undan ham elektron, ham mexanik to‘lov terminallarida, bankomatlarda foydalanish mumkin, shuningdek bu kartochka Internet yoki telefon orqali to‘lovga qabul qilinadi. Bu karta bank kartalari bilan ishlash tajribasi bor kishilarga mo‘ljallangan. U o‘rtacha daromadli iste'molchilar ichida ayniqsa e'tibor qozongan, chunki qulaylik, tanlash imkoniyati va moliyaviy moslashuvchanlik imkonini beradi.
To‘lovlar
Kartochka yordamida “bron qilish operatsiyalari”ni amalga oshirish mumkin, ya'ni mehmonxonada xona, aviachipta va boshqa xizmatlarni buyurtirish mumkin. Odatda, buning uchun o‘z kartasi rekvizitlarini tovar yoki xizmat sotuvchisiga ma'lum qiladi, mijoz tovar olganidan yoki xizmatdan foydalanganidan so‘ng sotuvchi uning kartochka hisobidan tegishli mablag‘ni yechib oladi. Internet orqali xaridlar ham taxminan shunday amalga oshiriladi. Internet to‘lovlar uchun kartochkada uchta raqamdan iborat maxsus servis kodi bo‘lib, u kartaning orqa tomonida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ammo, ehtiyot bo‘lish va o‘z kartangiz rekvizitlari noinsof savdogarlarning qo‘liga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Hujjatlar
Ariza
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
Bank va jismoniy shaxs oʻrtasidagi shartnoma
Bank haqida
Kapitalbank
Litsenziya raqami: 69, 25.12.2021
Manzil:
100047, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sayilgox ko‘chasi, 7