Bankning plastik kartochkalarini xarid qilgan mijozlarga Bank yuksak darajada xizmat ko‘rsatilishi va qulaylikni kafolatlaydi. “Kapitalbank” ATB plastik kartochkalari bilan birgalikda quyidagilarni qo‘lga kiritasiz:
hisob-kitoblarni amalga oshirish va pul mablag‘larini saqlash xavfsizligi;
hisob-kitob qilayotganda naqd pulni sanashga ketadigan vaqt tejalishi;
yoningizda pachkalab naqd pul olib yurish zarurati yo‘qolishi;
hisob-kitoblar aniqligi.
To‘lovlar
Plastik kartochkalar yordamida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishingiz mumkin:
savdo terminallari o‘rnatilgan savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida tovarlar va xizmatlar haqini to‘lash;
banklar kassasi va bankomatlar orqali naqd pul mablag‘lari olish (faqat jismoniy shaxslar kartochkalari bo‘yicha);
kartochkadagi pul mablag‘larini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga o‘tkazish, masalan farzandlaringizning institutda tahsil olishi uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
pul mablag‘larini kartochkaga o‘tkazish. Masalan, oylik ish haqi, dividendlar yoki gonorarni tushirish;
kartochka hisobiga naqd pul mablag‘larini kiritish;
quyidagi kommunal xizmatlari haqini to‘lash.
Hujjatlar
Ariza
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
Bank va jismoniy shaxs oʻrtasidagi shartnoma
Bank haqida
Kapitalbank
Litsenziya raqami: 69, 25.12.2021
Manzil:
100047, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sayilgox ko‘chasi, 7