1-12 oy - 22%;
13-24 oy - 23%;
25-36 oy - 24%;
Bank tomonidan jismoniy shaxslarga transport vositasini sotib olish uchun ajratiladigan kredit mablag‘ining eng yuqori miqdori kredit rasmiylashtirish kundagi O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 1500 (Bir ming besh yuz) baravaridan oshmagan miqdorda belgilanadi.
Kredit 3 (uch) yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.
Bank garov ta'minoti sifatida, sotib olinadigan avtotransport vositasining qiymatidan kam bo‘lmagan boshqa transport vositasini yoki ko‘chmas mulkni garov sifatida qabul qilishi mumkin.
Transport vositasi sotib olinganidan so‘ng garovga qo‘yilishi nazarda tutilgan hollarda, avtotransport vositasi sotib olingunga qadar kreditning vaqtinchalik ta'minoti sifatida boshqa mol-mulk garovi qabul qilinishi mumkin.
Transport vositasi ta'minoti qiymati talab miqdoriga yetmagan taqdirda, Bank qo‘shimcha ta'minot (boshqa transport vositasi yoki ko‘chmas mulk garovi, jismoniy shaxslar kafilligi, kredit qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish polisi) talab qilishi mumkin.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.