|
№ |
Ko‘rsatkichlar |
Asosiy shartlar |
|||
|
1 |
Kredit maqsadi |
Birlamchi bozordan O‘zbekiston Respublikasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan/yig‘ilgan avtotransport vositalarini yoki O‘zbekistondagi rasmiy distributer/dilerlar tomonidan realizatsiya qilinadigan BYD avtomobillarini, “Roodell” MCHJ tomonidan realizatsiya qilinadigan avtomobillarni sotib olish hamda sug‘urta mukofoti to‘lovlarini to‘lash uchun. |
|||
|
2 |
Kredit muddati, boshlang‘ich badal miqdori va foizi |
Muddati |
Asosiy qarz to‘lovi bo‘yicha imtiyozli davr |
Boshlang‘ich badal miqdori |
Kredit foiz stavkasi |
|
Daromad manbaiga ega bo‘lgan shaxslarga: |
|||||
|
60 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga |
3 oygacha |
Kamida 15% |
Yillik 26% |
||
|
Kamida 25% |
Yillik 25% |
||||
|
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga: |
|||||
|
60 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga |
3 oygacha |
Kamida 25% |
Yillik 27% |
||
|
Kamida 35% |
Yillik 26% |
||||
|
Kamida 50% |
Yillik 25% |
||||
Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi). Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi.
Avtotransport vositasini xarid qilish uchun tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.
Qarz oluvchi: 18 yoshga toʻlgan (o'zini o'zi band qilgan shaxslar 21 yosh) va 65 yoshdan oshmagan O‘zini o‘zi band qilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs)ning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganiladi.
Daromadlari to‘grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to‘grisida ma’lumotnoma taqdim qilinadi.
|
3 |
Kredit miqdori |
Cheklanmagan, biroq kredit ta’minoti sifatida olinadigan garov mulki qiymatining 75 (yetmish besh) foizidan oshmagan* miqdorda. Ajratiladigan kredit miqdori ta’minot sifatida taqdim etiladigan garov mulki qiymatining 75 (yetmish besh) foizidan oshib ketmasligi lozim. Qarz oluvchi ushbu talab bajarilishi uchun yetarli miqdorda boshlang‘ich badal to‘lovini amalga oshirmagan taqdirda, kredit siyosati talabidan kelib chiqib qo‘shimcha ravishda boshqa likvidli mol-mulk garovga taqdim qilinishi lozim. |
|||||
|
4 |
Ajratish shakli |
Avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi korxona yoki realizatsiya qiluvchi rasmiy dilerlar hamda yetkazib beruvchi tashkilotlar (shu jumladan, komissioner tashkilotlar) bilan tuzilgan shartnomaga asosan pul o‘tkazish yo‘li bilan. |
|||||
|
5 |
Qaytarish usuli |
Annuitet yoki Differensial. |
|||||
|
6 |
Kredit ta’minoti |
- Sotib olinayotgan avtotransport vositasi;
yoki |
|||||
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.