O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda bo‘lsa: 25%
O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha miqdorda bo‘lsa: 27%
Hujjatlar
a) ariza;
b) pasport;
v) ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma, yakka tartibdagi tadbirkor uchun – tuman (shahar) soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan o‘tgan yilda olingan daromadi haqida deklaratsiya;
g) kredit o‘z vaqtida qaytarilishining ta’minotiga oid hujjatlar;
d) tovar (ko‘rsatilgan xizmat) xarid qilish to‘g‘risida sotuvchi va qarzdor//mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnoma va unga ilova sifatida sotuvchiga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan ruxsat hujjatlari nusxasi (ma’muriy idoralar tomonidan berilgan litsenziya, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yoki sotilayotgan mahsulotning muvofiqlik sertifikati va h.k.);
e) Garov reestriga yozuv kiritishga qarzdor/mijoz va garov beruvchining yozma roziligi.
Talablar
Ko‘chmas mulk, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan mol-mulk moliyaviy iste’mol krediti obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Qo‘shimcha shartlar
“Universal” moliyaviy iste’mol kreditlari ob’ekti – jismoniy shaxs ehtiyojini qondirish uchun mo‘ljallangan, uzoq muddat davomida ishlatiladigan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan quyidagi tovarlar (ishlar, xizmatlar).
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.