Kreditdan foydalanganlik uchun yillik foiz stavkasi Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdoridan oshmagan holda ajratiladi.
Hujjatlar
a) ariza;
b) qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti yoki ID kartasi)ni nusxa olish uchun;
v) mahsulot sotib olish uchun shartnoma;
g) kredit qaytarilishi taʼminoti.
Talablar
Quyidagi talablarga javob beruvchi jismoniy shaxslarga beriladi:
a) yashil isteʼmol krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
b) doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʼjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek yashil isteʼmol krediti boʼyicha hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni toʼlov jadvaliga muvofiq har oyda toʼlash uchun yetarli boʼlgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega boʼlgan shaxslarga;
v) ilgari olingan kreditlar (qarzlar) boʼyicha soʼndirilmagan muddati oʼtgan qarzi hamda salbiy kredit tarixiga ega boʼlmagan shaxslarga beriladi.
Qo‘shimcha shartlar
Qarz oluvchining daromadlari soʼralayotgan kreditni olish imkonini bermasa, unga birgalikda qarz oluvchilar daromadlari bilan ishtirok etishi mumkin. Bunda, birgalikda qarz oluvchilar yashil isteʼmol krediti shartnomasi boʼyicha qarz oluvchining majburiyatlari yuzasidan solidar tartibda javob beradi. Qarz oluvchining yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, turmush oʼrtogʼi va farzandlari) hamda boshqa uchinchi shaxslar birgalikda qarz oluvchilar boʼlishi mumkin.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.