Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-avgustdagi №457- sonli Nizomi talablari asosida xotin-qizlarga ajratilgan taʼlim kreditlar uchun hisoblangan foizlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi taʼlim kreditini moliyalashtirish Jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Hujjatlar
ta'lim krediti olish uchun ariza;
kredit oluvchi va birgalikda kredit oluvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (aslidan nusxa olinadi);
bank tomonidan kredit oluvchi va birgalikda kredit oluvchilarning o‘rtacha oylik daromadlarini mustaqil aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda, kredit oluvchi (agar daromad manbaiga ega bo‘lsa) va (yoki) birgalikda kredit oluvchining shaxsiy daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar;
talaba va oliy ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) yoki hisob varaqasi/faktura (mavjud bo‘lganda). Shartnomada (kontraktda) o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
ta'minotiga oid hujjatlar;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun).
Talablar
-
Qo‘shimcha shartlar
Kredit miqdori: Talaba va oliy ta’lim tashkiloti o’rtasida to’lov-kontrakt asosida o’qish haqida rasmiylashtirilgan shartnomaga asosan belgilanadi
Kredit muddati: Talaba oliy ta’lim tashkilotidagi (OTT) o’qishini tamomlagandan so’ng yetinchi oydan boshlab, 7 yil mobaynida qaytarish sharti bilan ajratiladi
Imtiyozli davr: Mavjud
Ajratish shakli: Naqdsiz, pul o’tkazish yo’li bilan
Oliy ta'lim tashkilotlarining kunduzgi ta'lim shakllarida bakalavriat ta'lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalar
Chet el fuqarolari va fuqaroligi yoq shaxslarga, tabaqallashtirilgan to’lov-kontrakt asosida va tabaqallashtirilgan to’lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo’lgan bir martalik to’lov asosida, sirtqi va kechki yo’nalishda tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratilishiga yo’l qoyilmaydi.
Muddatidan oldin kreditni so’ndirish: qo'shimcha to'lovlar va jarimalarsiz muddatidan oldin so’ndirish imkoniyati mavjud;
Jarima va peniyalar: Kredit bo'yicha asosiy qarzni to'lash shartlari buzilgan taqdirda muddati o'tgan qarzdorlik miqdori bo'yicha foiz stavkasi ushbu muddati o'tgan qarzdorlik paydo bo'lgan kundan boshlab 1,5 barobarga oshadi;
Kechiktirilgan foizlar uchun peniya - kuniga 0,1%;
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.