Kredit oluvchining pasporti.
Talaba va oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi.
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oila farzandlari uchun).
Krеdit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar. “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga imtiyozli ta’lim kreditlari ajratilishida ta`minot talab etilmaydi.
mol-mulk garovi;
uchinchi shaxs kafilligi;
kredit qaytmaslik xatarini sugurta qilinganligi bo‘yicha sugurta polisi.
2024/2025 o'quv yilidan boshlab Oliy va professional ta'lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta'lim krediti faqat kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan talaba va o'quvchilarga Iqtisod va moliya vazirligining "Ta'lim krediti" axborot tizimi orqali bankka kelib tushgan arizalar orqali ajratiladi.
Kredit summasi:
Birinchi kurs talabalari uchun to'lov-kontraktda belgilangan summa.
Oliy ta'lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o'zlashtirishning o'rtacha ko'rsatkichi 3 bahodan past bo'lsa to'lov summasining 20% talaba tomonidan to'langandan so'ng ko'pi bilan 80% miqdorda ajratiladi (Ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oila farzandlari bundan mustasno).
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan talabalarga asosiy qarzi talabaning rasmiy o’qish muddati tugagandan so’ng, 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytarish sharti bilan beriladi. Kredit uchun foizlar kredit ajratilganidan boshlab hisoblanadi va to’lab boriladi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ta'lim krediti ajratilmaydi.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.