Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 884
  • Yangilangan sana: 11 Sep 2024, 16:28

Imtiyozli ta'lim krediti

  • 885
  • Yangilangan sana: 11 Sep 2024, 16:28
  • 14%
    Foiz stavkasi
  • 1 000 000 so‘m
    Eng kam miqdori
  • 162 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: mavjud emas
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: O’qish muddati+6 oy
  • Ajratish shakli: ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: 125% kam bo‘lmagan miqdorda
  • Ta'minot turi: garov / uchinchi shaxslarning kafilligi / sug‘urta polisi
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari
Foiz stavkasi:
1. Markaziy bankning amaldagi asosiy stavkasi miqdorida. Agarda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

2. Yillik 14% - toʼlov-kontrakt asosida oʼquvchi ayollar uchun. Kredit boʼyicha hisoblangan foizlar Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditlarini moliyalashtirish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan toʼlanadi.
Hujjatlar
  • Kredit oluvchining pasporti.

  • Talaba va oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi.

  • “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oila farzandlari uchun).

  • Krеdit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar. “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga imtiyozli ta’lim kreditlari ajratilishida ta`minot talab etilmaydi.

Talablar
Kredit ta'minoti
Krеdit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda quyidagi ta’minot turlari taqdim etilishi mumkin:
  • mol-mulk garovi;

  • uchinchi shaxs kafilligi;

  • kredit qaytmaslik xatarini sugurta qilinganligi bo‘yicha sugurta polisi.

Qo‘shimcha shartlar

2024/2025 o'quv yilidan boshlab Oliy va professional ta'lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta'lim krediti faqat kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan talaba va o'quvchilarga Iqtisod va moliya vazirligining "Ta'lim krediti" axborot tizimi orqali bankka kelib tushgan arizalar orqali ajratiladi.

Kredit summasi:

  • Birinchi kurs talabalari uchun to'lov-kontraktda belgilangan summa.

  • Oliy ta'lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o'zlashtirishning o'rtacha ko'rsatkichi 3 bahodan past bo'lsa to'lov summasining 20% talaba tomonidan to'langandan so'ng ko'pi bilan 80% miqdorda ajratiladi (Ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oila farzandlari bundan mustasno).

O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan talabalarga asosiy qarzi talabaning rasmiy o’qish muddati tugagandan so’ng, 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytarish sharti bilan beriladi. Kredit uchun foizlar kredit ajratilganidan boshlab hisoblanadi va to’lab boriladi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ta'lim krediti ajratilmaydi.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zmilliybank
Litsenziya raqami: 22, 25.12.2021
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 101
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 78-148-00-10
STIR: 200836354
E-mail: info@nbu.uz
Sayt: www.nbu.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar