Kredit yillik foiz stavkasi* |
Oʻgʻil bolalar uchun:Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida |
---|---|
Xotin-qizlar uchun: Yillik 14% |
Kredit oluvchidan talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:
Ariza;
Mijoz (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs boʻlgan kafil)ning pasporti yoki shaxsiy ID kartasining asli (Bank xodimi tomonidan pasporti yoki shaxsiy ID kartasining aslidan nusxa olinadi);
Talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt);
Kredit ta’minoti bilan bogʻliq hujjatlar.
Agar uchinchi shaxsning kafilligi kredit ta'minoti sifatida taqdim etilsa, unda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Kafil jismoniy shaxs boʻlganda:
Kafil shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi) Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi.
Kafil yuridik shaxs boʻlganda:
Kafil boʻlayotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari;
Auditor xulosasi;
Kafillik berish boʻyicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni;
Ta'sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta'sis shartnoma).
Kredit summasi 50 (ellik) million so‘mgacha bo‘lsa uchinchi shaxs kafilligi;
Kredit summasi 50 (ellik) million so‘mdan oshgan taqdirda likvidli mol-mulk garovi.
«Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.»
Kredit muddati | Kreditning asosiy summasi oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, talabaning o‘qish muddati tugaganidan keyin 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Kredit bo‘yicha foizlar esa kredit ajratilganidan so‘ng har oyda to‘lanadi. |
Kredit miqdori | Ta'lim uchun shartnoma miqdoriga qarab |
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.