Kredit 20% stavkada taqdim etiladi, uy-joy qurilishi tugatilib, bankka garov sifatida taqdim etilgandan so‘ng kreditning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qoplangan (qayta moliyalashtirilgan) qismiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi +2,99 % miqdordagi stavka, kreditning qolgan qismi uchun esa 22% miqdordagi stavka qo‘llaniladi.
Hujjatlar
Kredit uchun ariza;
Qarz oluvchi tomonidan to‘ldirilgan savolnoma-anketa;
Pasportning yoki Qarz oluvchining shaxsini va yashash joyini tasdiqlovchi boshqa hujjat asl nusxasi, undan Kredit xodimi tomonidan nusxa ko‘chiriladi;
Chakana kreditlash front ofisi/BXM xodimi tomonidan nusxa olinadigan mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar: pasport, ID karta, harbiy guvohnoma va yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi yashash guvohnomasining asl nusxasi;
Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi daromadlarini tasdiqlovchi hujjatlar. Ushbu hujjatlar taqdim etilmagan holatlarda Bank tomonidan anketa so‘rovnomasi orqali va tashqi manbalarga elektron so‘rovnoma jo‘natish orqali aniqlanishi mumkin;
Qarz oluvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bo‘lgan taqdirda Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida matritsali shtrix kodga (QR-kod) ega bo‘lgan ma’lumotnoma.
Talablar
Yoshi 18 va undan yuqori, 60 yoshdan kichik bo‘lgan jismoniy shaxslar. Bunda yoshi 18 ga teng va undan yuqori, ammo 25 yoshdan kichik hamda 50 yoshdan katta bo‘lgan Qarz oluvchilarni kreditlashda Birgalikda qarz oluvchi talab etiladi. Birgalikda qarz oluvchining yoshi 25 yosh va undan yuqori, ammo 50 yoshdan katta bo‘lmasligi lozim;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
Joriy davrda muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim;
Kredit tarixida oxirgi 12 oy davomida 90 kundan oshiq muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
Doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar, shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;
Qarz yuki ko‘rsatkichi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025 yil 22 aprelda 3618-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq bo‘lishi.
2024 yil 1 maydan kredit arizasi sanasiga qadar mijoz Iqtisodiyot va Moliya vazirligi resurslari asosida Ipoteka krediti olmagan bo‘lishi
Doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar, shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;
Ipoteka kreditini olish uchun birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda boshlangʻich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlishi. Bunda *Ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratilganda boshlangʻich badal miqdori — boshlangʻich badal uchun subsidiyaning qatʼiy belgilangan miqdori va qarz oluvchi tomonidan uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng boʻlgan miqdorda shakllantiriladi.
Qo‘shimcha shartlar
So'ndirish chastotasi
Asosiy qarz –har oy;
Hisoblangan foizlar - har oy;
Kredit bo'yicha foizlarni hisoblash kredit qarzining haqiqiy qoldig'i uchun ssuda mablag'laridan foydalangan kundan boshlab boshlanadi.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.