1) ID karta yoki pasport va pasport oʼrnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
2) Daromadlari toʼgʼrisidagi hujjatlar/elektron maʼlumotlar;
4) Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkasiga boʼlgan huquqni (doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) tasdiqlovchi hujjat;
4) Uy-joy qurishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjati;
5) Pudrat tashkiloti bilan qurilish ishlarini bajarish/qurilish mahsulotlari sotib olish/oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida roʼyxatdan oʼtgan yollanma ishchilar bilan tuzilgan shartnoma (loyiha-smeta hujjatlarida koʼrsatilgan qiymatdan oshmagan miqdorda);
qonunchilikda koʼrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Talablar
1) Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʼlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlishi;
2) qarz yuki koʼrsatkichi (ipoteka krediti boʼyicha foiz xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berish nazarda tutilgan hollarda mazkur subsidiyani hisobga olgan holda) 70 foizdan yuqori boʼlmasligi;
kredit ajratishni koʼrib chiqish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorligi mavjud boʼlmasligi;
3) yakka tartibdagi uy-joyqurish (qayta qurish) uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqiga va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha-smeta hujjatlariga ega boʼlish
Qo‘shimcha shartlar
Kredit miqdori:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun: 327 250 000 so‘m
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.