Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 710
  • Yangilangan sana: 17 Feb 2023, 12:05

Arzon uy-joylar uchun ipoteka krediti

  • 692
  • Yangilangan sana: 17 Feb 2023, 12:05
  • 7-15%
    Foiz stavkasi
  • 1 000 000 so'm
    Eng kam miqdori
  • 20 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 10 %
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 1 yil
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 125 %
Foiz stavkalari
Ushbu dastur doirasida uy-joy oluvchi fuqarolarga 20 yil muddatga bir yillik imtiyozli davr bilan, dastlabki 5 yil mobaynida  qat’iy belgilangan 7 foizdan xar yili O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiningqayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’rda oshirib boradigan stavka bilan, keyingi davrda esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida  foiz  to‘lash sharti bilan, uy-joy yakuniy qiymatining 90 foizidan oshmagan miqdorada ipoteka krediti ajratiladi.
Hujjatlar
Taqdim etiladigan hujjatlar
1) kredit buyurtmanomasi;
2) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi pasportining nusxasi;
3) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
4) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi tanlangan uy-joyni loyiha smeta qiymatining 10 foizi dan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich badalning bankda jamg‘arilganligini tasdiqlovchi xujjati;
5) “Qishloq qurilish invest” MChJ injiniring kompaniyasining viloyat filiali bilan imzolangan uy-joy qurilishiga buyurtmachi funksiyasini bajarishga dastlabki shartnoma;
6) Tuman xokimligi xuzurida tuzilgan talabgor fuqarolarni aniqlash komissiyasi tomonidan berilgan uy-joyga muxtojligini aks ettiruvchi tavsiyanoma;
Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar:
1) doimiy ish joyiga ega bo‘lganlar uchun : - xodimning oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan bo‘lsa-ishlagan davri uchun) daromadlari to‘g‘risida qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) va oila a’zolari ishlaydigan korxona (muassasa) tomonidan belgilangan shaklda berilgan ma’lumotnoma;
2) boshqa daromadlar manbaiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun: - qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar manbaiga ega bo‘lgan fuqarolar o‘zlarining yashash joyidagi davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar nusxalari; - dehqon/fermer xo‘jaliklari boshliqlari hisoblanadigan yoki yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan fuqarolarning oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalari nusxalari. 
Talablar
Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga; · doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lgan shaxslarga; · barpo etilayotgan uy-joy smeta qiymatining kamida: 10 foiz miqdorida boshlang‘ich badal uchun mablag‘ga ega bo‘lgan shaxslarga; · kredit tashkilotlaridan kreditlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarzi bo‘lmagan; · tuman hokimliklari huzurida tashkil qilingan talabgor fuqarolarni tanlash komissiyasi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolarga ajratilinadi.
Qo‘shimcha shartlar
Dasturga ko‘ra arzon uy-joylar - mulk huquqi bilan turar-joyi yo‘q va turar joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashaydigan oilalar, boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yashovchi oilalar, ko‘p bolali oilalar, to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar), tarkibida birinchi guruh nogironi bo‘lgan yoxud surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yashashga ehtiyoj sezuvchi shaxs bo‘lgan oilalar, kam ta’minlangan oilalar, shuningdek uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq bo‘lmagan oilalarga beriladi.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Qishloq qurilish bank
Litsenziya raqami: 77, 30.04.2009
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 78-150-10-01
STIR: 206916313
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar