|
№ |
Ko‘rsatkichlar |
Asosiy shartlar |
||||
|
1 |
Kredit maqsadi |
Birlamchi bozorda BYDning O‘zbekistondagi rasmiy dilerlari tomonidan realizatsiya qilinadigan BYD* avtomobillarini sotib olish uchun. * izoh: Song Plus Champion Hybrid, Song Plus Champion EV, Song Pro, Chazor markadagi avtomobillar uchun amal qiladi. |
||||
|
2 |
Kredit muddati |
36 yoki 60 oy muddatga (imtiyozli davrsiz) |
||||
|
3 |
Boshlang‘ich badal miqdori va kredit foizi |
Boshlang‘ich badal miqdori (Avtomashina narxiga nisbatan) |
20%** dan boshlab |
30% dan boshlab |
40% dan boshlab |
50% dan boshlab |
|
Kredit foizi (Yillik) |
21,9% |
20,9% |
19,9% |
18,9% |
||
|
** izoh: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2025-yil 22-aprelda 3618-son bilan ro‘yxatga olingan “Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichini 75 (yetmish besh) foizdan oshirish imkoniyati mavjud bo‘lmasa boshlang‘ich badal miqdori 25 (yigirma besh) foizdan kam bo‘lmasligi lozim. |
||||||
Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi). Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi.
Avtotransport vositasini xarid qilish uchun tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.
Qarz oluvchi: 18 yoshga to'lgan va 65 yoshdan oshmagan O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga.
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs)ning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganiladi.
Daromadlari to‘grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to‘grisida ma’lumotnoma taqdim qilinadi.
|
3 |
Kredit miqdori |
Cheklanmagan, biroq kredit ta’minoti sifatida olinadigan garov mulki qiymatining 75 (yetmish besh) foizidan oshmagan* miqdorda. Ya’ni, ajratiladigan kredit miqdori ta’minot sifatida taqdim etiladigan garov mulki qiymatining 75 (yetmish besh) foizidan oshib ketmasligi lozim. * izoh: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2025-yil 22-aprelda 3618-son bilan ro‘yxatga olingan “Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan talablarga muvofiq belgilangan miqdor doirasida, ajratiladigan kredit miqdori garov mulki qiymatining 75 (yetmish besh) foizidan oshishi, biroq 90 (to‘qson) foizidan oshmagan miqdorgacha bo‘lishi mumkin. |
||||
|
4 |
Ajratish shakli |
Oldi-sotdi shartnomasiga asosan BYDning O‘zbekistondagi rasmiy dilerlarining AT “Aloqabank”dagi hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan. |
||||
|
5 |
Qaytarish usuli |
Annuitet yoki Differensial. |
||||
|
6 |
Kredit ta’minoti |
- Sotib olinayotgan avtotransport vositasi; |
||||
|
7 |
Qo‘shimcha shart |
Ushbu kredit mahsuloti doirasida ishlashi mumkin bo‘lgan BYDning O‘zbekistondagi rasmiy dilerlari ro‘yxati: - “ASTANA MOTORS COMPANY” MCHJ XK; - “MK DIRECT” MCHJ XK; - “UNILAND-MEGAWATT” MCHJ XK; - “BENI-MOTORS” MCHJ; - “VORIS MOTORS KELES” MCHJ; - “A-AUTOZONE” MCHJ; - “BEDACHI” MCHJ XK; - “SANCAR MOTORS” MCHJ; - “AMIN-MULLA” XK; - “ASTER AUTO TRADE ” MCHJ XK. |
||||
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.