Йиллик 0 % дан 24% гача, ҳамкорлик дастури шартлари билан белгиланадиган ўзгарувчиларга қараб белгиланади.
Hujjatlar
Garovga taqdim etilayotgan mol-mulk bo‘yicha hujjatlar, avtomobil davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hamda avtotransport vositasiga oid hujjatlar va zaruratga ko‘ra boshqa hujjatlar.
Nikohda bo‘lgan Garovga qo‘yuvchi uchun: Garovga qo‘yuvchining nikoh to‘g‘risidagi guvohnomasi; Garovga qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘i (er/xotin) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport / ID-karta); Garovga qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘idan (er/xotinidan) kredit bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash uchun garov predmetini taqdim etishga rozilik to‘g‘risidagi ariza.
Bank Garovga qo‘yuvchidan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Talablar
Ijobiy kredit tarixi, kredit tarixi mavjud bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yiladi.
Kredit arizasi ko‘rib chiqilayotgan sanada, kredit byurosi hisobotlari hamda boshqa tasdiqlovchi hujjatlar/manbalarga muvofiq, ilgari olingan kreditlar bo‘yicha to‘lanmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emasligi.
Qo‘shimcha shartlar
Kreditning qaytarilmaslik xavfini sug‘urtalash bilan bog‘liq Bank xarajatlarini qoplash summasi, ta’minot summasidan 12 oy uchun yillik hisob asosida aniqlanadi va ushbu summa Qarz oluvchi tomonidan bir martalik tarzda to‘lanadi.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.