Agar rasmiy daromad haqidagi maʼlumotni elektron tarzda olish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, oxirgi 6 oylik ish haqi to‘g‘risida maʼlumotnoma taqdim etilishi lozim;
Agar qarz oluvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi;
qarz oluvchi va sotuvchi o‘rtasida tuzilgan dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;
taʼminotga oid hujjatlar. Agar kredit taʼminoti sifatida boshqa ko‘char yoki ko‘chmas mulk garovi taqdim etiladigan bo‘lsa, garovga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan mulkni E-baholash tizimi orqali baholash hisoboti va boshqalar;
ikkilamchi bozordan soib olinayotgan avtotransport vositasini dastlabki ko‘zdan kechirish dalolatnomasi va maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan mustaqil baholovchi tomonidan baholangan hisoboti.
|
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.